BESHNI TASHLA! Penta-trik qayd etgan futbolchilar
11 apr 2015 11:23
Yangiliklar


BESHNI TASHLA! Penta-trik qayd etgan futbolchilar
Penta-trik - juda kamdan-kam uchraydi va barcha chempionatlarda buni amalga oshirgan futbolchini topsa bo'ladi. Top 5 chempionatlarda penta-trik bo'yicha Primero etakchilik qiladi.
Maksim SHackix
JCH-2010 saralash bosqichi,13.10.2007
O'ZBEKISTON - Xitoy Taypei - 9:0 (5:0)
Ro'yxatni o'zimizning futbolchimizdan boshlaymiz. O'sha o'yinda SHackixdan tashqari, Timur Kapadze Viktor Karpenko, Uluqbek Baqoev, SHavkat Salomovlar ham bir martadan raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Afsuski, terma jamoamiz JCH-2010ning yakuniy saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlay olmadi va har doimgidek mundialni boshqalarga "sovg'a" qildik.
KRIS BOYD
SHotlandiya chempionati, 25.09.04
Kilmarnok - Dandi Yunayted 5:2
Ayni damda Boyd SHotlandiy Premer-ligasining eng foydali futbolchisi (155 ta gol) hisoblanadi. U o'zining ko'plab gollarini "Reynjers" safida urgan, ammo Boydning birinchi penta-trigini 2004 yil "Kilmanrok" safida qayd etgan. Kris o'shanda 21 yosh edi. "Dandi"ga qarshi o'yinda u 6ta gol urishi ham mumkin edi, ammo hakam ofsayd tufayli bu golni hisobga olmagan.
JERMEYN DEFO
Angliya chempionati, 22.11.09
Tottenxem - Uigan 9:1
"Uayt Xart Leyn"dagi bahs so'nggi mavsumlardagi eng tomoshabop o'yin sifatida APL tarixiga kirdi. "Tottenxem" o'z muxlislari yordamida "Uigan"ni er tishlatdi. O'yinning 50 daqiqasigacha hisob 1:0 edi, ammo birozdan so'ng 27 yoshli Defo ishga kirishdi. Jermeyn shunchaki 5ta gol urgani yo'q, u 7 daqiqa ichida 3ta gol urib, premer-liga tarixidagi eng tez xet-trik muallifiga aylandi.
Ayni damda Defo 32 yoshda. U faoliyatini yakunlash haqida o'ylayotgani yo'q va 2015 yilning qishida "Sanderlend" bilan shartnoma imzoladi.
KOLBEYNN SIGTORSSON
Gollandiya chempionati, 29.01.11
AZ – Venlo 6:1
Gollandiyada barcha klublar hujumkor futbol tarafdori va shu sababli bu chempionat o'yinidagi yirik hisoblar ko'pchilikni ajablantirmaydi. Islandiyalik hujumchi Kolbeynn Sigtorsson AZ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 20 yoshli yigitcha o'zining oliy ligadagi birinchi mavsumida jamoasining to'purariga aylanadi. U o'sha mavsumda "Venlo" darvozasini 5 bora nishonga oladi. Sigtorsson birinchi bo'limda 3ta, ikkinchisida esa 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
2010-2011 mavsumning yakuniga ko'ra Kolbeyn 32ta uchrashuvda 15ta gol urib, "Ayaks" safiga ko'chib o'tadi.
DIMITAR BERBATOV
Angliya chempionati, 27.11.10
Manchester Yunayted - Blekbern 7:1
Berbatov APLda bir o'yinda 5ta gol urgan yagona legioner hisoblanadi. Bolgariyalik penta-trikdan tashqari Premer-ligada dubllar, xet-triklar va xatto pokerlari bilan ajralib turgan. U 2010/11 mavsum Angliya chempionatining eng yaxshi "snayperi"ga aylangan bo'lsada, MYUning asosiy kuchiga aylana olmadi. Sabab? Noodatiy fel-atvorga ega bo'lgan Ueyn Runining "qizil iblislar" safida paydo bo'lishi.
Ayni damda Bolgariya terma jamoasi futbolchisi "Monako" safida to'p tepmoqda va yaqindagina CHempionlar ligasidan "Arsenal" nomli klubni chiqarib tashladi. CHorak finalda "qizil-oqlar" "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi.
BAS DOST
Gollandiya chempionati, 10.12.11
Ekselsior - Xerenven 0:5
Bas Dost "Bavariya" va Bundesliganing boshqa klublarini qo'rqitishdan oldin o'zini Gollandiya chempionatida ko'rsatgan. hammadan ham ko'proq "Ekselsior"ning omadi kelmagan va Dost bu jamoaning darvozasini 5 marta ishg'ol qilgan.
Dost 2011/12 mavsumda 34ta uchrashuvda 32ta gol urgan va chempionatning eng yaxshi to'purariga aylangan. Frislandiyada tug'ilgan bu hujumchi hozirda nemis klublarini birin-ketin nishonga olyapti. Gollandiyalik ayni damda tez gol urish borasida Messi va Ronalduni ortda qoldiryapti.
RADAMEL FALKAO
Ispaniya chempionati, 09.12.12
Atletiko - Deportivo 6:0
Reytingimizda "Manchester Yunayted"ning yana bir vakili, ammo u 5ta golni Madridning "Atletiko"si safida urgan. Jabrlanuvchi esa "Deportivo". Falko Ispaniyadagi faoliyati davomida juda faol bo'lgan. Lekin u katta ilhom bilan o'ynagan mavsumida ham "Oltin to'p" uchun bahsda Messi va Ronalduni ortda qoldira olmagan.
Radamel bu mavsumda ikki yil oldin La-Korunya jamoasiga urgan penta-trigidan bitta kam gol urgan.
MIROSLAV KLOZE
Italiya chempionati, 05.05.13
Lacio - Bolonya 6:0
Ko'pincha biz 30 yoshli futbolchilarni nafaqaga chiqarish haqida eshitamiz. Afsuski, bu yoshdagi bazi o'yinchilar o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazadi. Gap uni bir necha marotaba qariyalar safiga qo'shishga urinilgan Miroslav Kloze haqida ketyapti. U deyarli har bir uchrashuvda o'zining vazifasini to'liq amalga oshirishga urinadi va "Bolonya"ga qarshi o'yinda ham Kloze bu ishni bajardi. 34 yoshli veteran penta-trik qayd etdi. Bir yildan so'ng Miroslav Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylandi.
Karl-Xaync Rummenigge Klozeni o'yinini baholayotib, unda kamchilik yo'qligini aytgan.
LIONEL MESSI
CHempionlar ligasi, 07.05.12
Barselona - Bayer 7:1
Uch yil oldin bo'lgan bu uchrashuv hozir ham yodimizda. CHempionlar ligasi tarixidagi birinchi penta-trikni bunchalik tez qayd etish mumkin emas. Agar bu ishni Lionel Messi uddalaganligini aytsak, bu vazifni uddalashni iloji bor. Messining o'sha o'yindagi "qurboni" "Bayer" bo'lgan.
Argentinalik futbolchi biz sevib tomosha qiladigan futboldagi barcha rekordlarni yangilab bo'ldi.
KRISHTIANU RONALDU
CHempionat Ispanii, 05.04.15
Real - Granada 9:1
Nihoyat bu penta-triklar haqida yozishga sabab bo'lgan asosiy aybdorga etib keldi. Ronaldu Messidan farqli o'laroq, Primeroda 5ta gol urdi. "Real"da bu natijani 10 yil oldin Morientes qayd etgan.
Ronaldu va Messi o'z "plankalarini" ko'tarishda davom etmoqda. Bu penta-trikdan so'ng Ronaldu to'purarlik borasida Kataloniya klubidagi "o'zgasayyoralik"ni ortda qoldirmoqda.
footballhd.ru malumotlaridan foydalanildi
(videolar TAS-IXda emas)

Fikrlar