"Beshiktosh"da koronavirusga chalinganlar bor

10 may 2020, 01:45
Turkiyaning "Beshiktosh" klubi matbuot xizmati jamoa xodimi va futbolchilaridan birida COVID-19 infekciyasi aniqlanganini ma'lum qildi.

"Beshiktosh" ushbu hafta mobaynida Turkiya futbol federatsiyasi belgilagan qoidalarga muvofiq kichik guruhlarga bo'linib mashg'ulot o'tkazgan. Bugun barcha futbolchilar hamda klub xodimlari koronavirus testidan o'tkazilgan. Virus bilan kasallanganlarning shaxsi oshkor qilinmadi.

Eslatib o'tamiz, Turkiyada pandemiya tufayli to'xtatilgan mamlakat chempionati bahslarini 12 iyunda tiklash rejalashtirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: bjk.com