“Beshiktosh” muxlislari Kariusdan norozi ekanliklarini namoyish etishdi
24 jan 2020 23:09
Yangiliklar


“Beshiktosh” muxlislari Kariusdan norozi ekanliklarini namoyish etishdi
Turkiya kubogi 1/8 finalida o'rin olgan “Beshiktosh” – “BB Erzumspor” uchrashuvi vaqtida “Beshiktosh” klubi muxlislari jamoa darvozaboni Loris Kariusdan norizo ekanliklarini bildirib qo'yishdi.
Istanbullik muxlislar Karius har safar to'p bilan muomala qilganda hushtakbozlik uyushtirib, darvozabonga ishonmasliklarini shu tariqa namoyon etishdi. Uchrashuv 3:2 hisobida “BB Erzumspor” foydasiga yakunlandi.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi ilk bellashuvda ham xuddi shunday hisobda pastki divizionda ishtirok etuvchi “BB Erzumspor” klubi g'alaba qozongan edi. SHu tariqa “Beshiktosh” mamlakat kubogi bahslarini tark etdi.
Karius 2018 yil yozidan buyon ijara asosida “Beshiktosh” sharafini himoya qilib kelmoqda. 26 yoshli nemis futbolchisi huquqiy jihatdan “Liverpul”ga tegishli. Klublar o'rtasidagi kelishuv joriy mavsum so'nggiga qadar amalda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar