"Beshiktosh" "Kalyari" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
18 jan 2020 23:16
Yangiliklar


"Beshiktosh" "Kalyari" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Kalyari" hujumchisi Alberto CHerri faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, futbolchi "Beshiktosh" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. CHerriga turk klubidan tashqari "Jenoa" va SPAL jamoalari ham davogarlik qilmoqda.
Alberto CHerri joriy mavsum 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar