Bernardu Silva “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi
13 mar 2019 23:48
Yangiliklar
Bernardu Silva “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoaning portugaliyalik futbolchisi Bernardu Silva bilan shartnomani uzaytirdi.
Yangi kelishuvga ko'ra, futbolchi 2025 yilga qadar sitichilar sharafini himoya qiladi.
Avvalroq, 24 yoshli yarimhimoyachiga Ispaniya grandlari tomonidan qiziqish bo'layotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Silva 2017 yilda Franciyaning “Monako” klubidan 43 mln. evro evaziga “Manchester Siti” safiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum APLda 29ta uchrashuvda qatnashib, 5ta gol urgan hamda 7ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar