Bernardu Silva Felishning kelajagi haqida gapirdi
03 iyu 2019 11:00
Yangiliklar
Bernardu Silva Felishning kelajagi haqida gapirdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Benfika" xavbeki Joau Felishni kelajakda ajoyib karera kutayotganiga ishonadi.
Oldinroq, futbolchini MYU hamda "Manchester Siti" jamoalari o'z safida ko'rishni xohlashayotganligi aytilgan edi.
- Felish - endigina 19 yoshga kirgan o'smir, - deydi Silva. - U juda yosh va unda katta imkoniyatlar bor. Agar u kelajagi borasida to'g'ri qaror qabul qila olsa, unda kelajakda ajoyib karera borligiga ishonaman. U dunyoning eng kuchli klublarida o'ynashi mumkin, bunday imkoniyat har kimga ham berilavermaydi.
19 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assistga erishdi.
transfermarkt.de futbolchini 35 million evroga baholagan.
Fikrlar