Bernardeski iyulda erkin agent maqomida "Yuventus"dan ketishga yaqin
09 mar 2022 15:35
Yangiliklar


Bernardeski iyulda erkin agent maqomida "Yuventus"dan ketishga yaqin
"Yuventus" hujumchisi Federiko Bernardeski erkin agent maqomida jamoadan ketishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Turin klubi 28 yoshli italiyalikka maoshi 30 foizga tushirilgan holda uch yillik yangi shartnoma taklif qildi, ammo bu futbolchini qoniqtirmadi.
Ayni damda o'yinchining agenti bo'lmish Federiko Pastorello bir qator Angliya klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bernardekski 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar