So’nggi yangiliklar

18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  0 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  1 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  9 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  0 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  19 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  4 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  15 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  23 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  34 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  10 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1

Berdiev - "So'g'diyona"ga mos murabbiy Yangiliklar

Berdiev - "So'g'diyona"ga mos murabbiy

Kecha saytimizda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning klubdan ketishi mumkinligi haqida xabar chiqdi.

Avvalo shuni aytish kerak, Ro'ziqul Sadullaevich malakali mutaxassis hamda yoshlar bilan ishlashni biladi. Berdiev "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida bir qator yutuqlarga erishdi va yana jamoa rulida qoladigan bo'lsa, bundan keyin ham yaxshi natijalar qayd etishiga umid qilsa bo'ladi.

Ammo shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi deganlaridek, Ro'ziqul Sadullaevichning jamoadan ketishi mumkinligi haqida bekorga gap chiqqani yo'q. Ko'pchilik bu mavsum Berdiev uchun "Nasaf" bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi demoqda. Lekin murabbiy ketgan taqdirda ham ko'p vaqt ishsiz qolmasa kerak.

"Nasaf"ning bu yil kuchli oltilikka kira olmagani Berdievning aybi bilan emas, balki klubda yuzaga kelgan moliyaviy holat tufayli yuz berdi. Jamoa puldan qiynalib qoldi, natijada etakchilarning ketishi boshlandi. Avvaliga mahalliy futbolchilar, undan keyin legionerlar ketib qoldi. Albatta, hozirgi kunda biror bir futbolchini faqat yaxshi gap bilan jamoada olib qolib bo'lmaydi.

SHunga qaramay, "Nasaf" Superliganing ikkinchi bosqichida ham o'zini ko'rsata oldi. Masalan, "ajdarlar" asosiy raqobatchilari "Qizilqum" va "Qo'qon-1912"ga nisbatan ko'proq ochko jamg'ardi. "Nasaf" hozircha 15 ochko to'pladi, bu ikki jamoa esa 12 ochkodan. SHaxsiy fikrimcha, agar Berdiev "Nasaf"ni tark etadigan bo'lsa, eng yaxshi variant sifatida "So'g'diyona" ko'rinyapti. CHunki kelasi yil Jizzaxda pul bo'lsa Berdiev jamoa bilan qanday ishlash kerakligini ko'rsata oladi.

Nega aynan "So'g'diyona"? Vaziyatga real qarasak, Ro'ziqul Sadullaevich vodiyga bormasa kerak. SHuningdek, Toshkentga ham kelmasligi ehtimoli katta. Arveladze "Paxtakor"da qoladigan ko'rinyapti, Fyodorov "Loko"ni chempion qildi, Qosimov esa "Bunyodkor"dagi eng asosiy figura hisoblanadi.

Yana kimlar qolyapti? Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ni hech kimga berib qo'ymaydi. SHipilov "Metallurg"ga mos murabbiy, aytgancha bu erda "Buxoro" ham bor. Lekin Berdiev "Buxoro"ni tanlarmikan. AGMKda ishlab Baxtiyor Ashurmatov Kubokni yutdi, "Neftchi" tushib ketdi, "Navbahor"ga Kanchelskis o'zi yaqinda keldi, No'mon Hasanov ham Qo'qonda yomon ishlamayapti.

Endi "So'g'diyona"ga keladigan bo'lsak, rahbariyat Sergey Lushanga hamma sharoitni qilib berdi. Yozgi transfer paytida faqat "So'g'diyona" legionerlar limitiga to'liq amal qilib o'z safiga beshta xorijlikni qo'shib oldi. Lekin natija qani? Mana endi jamoa o'tish o'yinida ishtirok etadi. Bolalar futbolidan chiqqan Lushanga negadir kattalar futboli mos kelmayapti. SHaxsiy fikrimcha, bu kishi birorta futbol maktabiga direktor bo'lgani maqul.

Mana shu taxminlardan kelib chiqib Ro'ziqul Berdiev mabodo "Nasaf"dan ketadigan bo'lsa ham eng maqul variant "So'g'diyona" deb o'ylayman. CHunki Jizzaxda ham futbolni Qarshidan kam bo'lmagan darajada yaxshi ko'rishadi. Qolaversa, Jizzaxdan har doim yaxshi futbolchilar etishib chiqqan. Balki Berdiev o'z joyida qolib boshlab qo'ygan ishini davom ettirishi ham mumkin. Lekin boshqa klubda ham ishlab ko'rsa buning nimasi yomon?


Ro'ziqul Berdiev ertaga "Nasaf" rulida oxirgi o'yinini o'tkazadimi?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика