Berbatov: "Negadir "Real"da hammasiga Beyl aybdor bo'lyapti"
23 fev 2019 11:17
Yangiliklar
Berbatov: "Negadir "Real"da hammasiga Beyl aybdor bo'lyapti"
"Manchester Yunayted" va "Tottenxem" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov uelslik forvard Garet Beylning "Real"dagi holati haqida fikr bildirdi.
"Real"da nimadir xato bo'lsa bunda Beyl aybdorga aylanyapti, bu adolatsizlik. Agar uning statistikasiga etibor bersangiz, u joriy mavsum 30ta bahsda 12ta gol urgan. Beyl yaxshi futbolchi, ammo negadir hamma uni ayblayapti.
Garetning "Tottenxem"ga qaytishi? Bu pulga bog'liq savol. "SHporlar" 100 mln. funtdan ortiqroqqa futbolchi sotib ololadi deb o'ylamayman. Ammo Beyl - jahon darajasidagi iqtidor va har qanday klubda o'ynab ketishi mumkin" - deydi Berbatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar