Benjamin Uilyams – Yilning eng yaxshi hakami!
26 noy 2013 18:55
Yangiliklar

Benjamin Uilyams – Yilning eng yaxshi hakami!
Avstraliyalik Benjamin Uilyams OFK tomonidan 2013 yilning eng yaxshi hakami deb topildi.
Bu hakam joriy mavsumda ko'plab xalqaro va ichki musobaqalarni boshqardi. U birinchi bo'lish uchun kurashda o'tgan yilning eng yaxshi hakami deb tan olingan Yuichi Nishimura bilan bahraynlik Navaf Abdullani ortda qoldirdi.
Benjamin Uilyams bu yil hisobidan O'zbekiston – Iordaniya (JCH-2014 saralash pley-off) bahsini, shuningdek “Seul” – “Istiqlol” (OCHL yarim final) kabi nufuzli uchrashuvlarni boshqardi. Uning kelasi yil jahon chempionatida ham ishlashi kutilyapti.
Toshiyuki Nagi – Yilning eng yaxshi erkak qanot hakami!
Yaponiyalik Toshiyuki Nagi OFK tomonidan 2013 yilning eng yaxshi qanot hakami deb topildi. SHu haftaning juma kuni 42 yoshga to'ladigan ushbu lansymen mashhur hakam Yuichi Nishimura brigadasida faoliyat yuritadi. U yozda bo'lib o'tgan Konfederaciyalar Kubogida qanot hakami sifatida ishladi.
2015 yilgi Ochiyo chempionatida ham ishlashi kutilayotgan yaponiyalik qanot hakami bosh sovrin uchun kurashda eronlik Hassan Kamranifar bilan hamyurti Toru Sagarani ortda qoldirdi.

Fikrlar