Benzema "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
22 okt 2022 16:46
Yangiliklar
Benzema "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Real Madrid" etakchisi Karim Benzema bugun La Liga doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Qaymoqranglilar" rasmiy sayti kechagi mashg'ulotdan so'ng franciyalik futbolchida charchoq alomatlari sezilayotgani haqida xabar berdi. Uning tiklanish vaqti hali nomalum.
34 yoshli Benzema mushaklardagi muammolar tufayli sentyabr oyining katta qismini o'tkazib yubordi. Joriy mavsumda uning hisobida atigi 10 ta o'yin va 5 ta gol bor.
"Real" – "Sevilya" uchrashuvi bugun "Santyago Bernabeu"da Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar