

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan jamoasi rahbariyati hamda "Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi fransiyalik forvard ko'rsatayotgan o'yindan mamnun va hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
Oldinroq, madridliklar 30 yoshli hujumchi bilan xayrlashmoqchi ekanligi va boshqa klublar bilan transfer borasida muzokara o'tkazayotgani e'lon qilingan edi.
Karim Benzema 2009 yildan beri "Real" sharafini himoya qiladi.



