Benzema noyabrdan beri ilk bor LaLiga uchrashuvida gol urdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018, 10:57
"Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema "Betis"ga qarshi LaLiganing 24-tur uchrashuvida (5:3) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bungacha 31 yoshli forvard Ispaniya chempionatida oxirgi golini 2017 yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan "Malaga"ga qarshi o'yinda (3:2) urgan edi.

Joriy mavsum Karim Benzema LaLiganing 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. Fransiyalikning "qurbonlari" "Xetafe", "Malaga" va "Betis" bo'ldi.

Ayni damda LaLigada to'purarlar poygasida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 20ta gol mavjud. Keyingi o'rinlarni Luis Suares ("Barselona" - 17ta gol) va Yago Aspas ("Selta" - 15ta gol) egallab turibdi.

Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com