Benzema joriy mavsum "Real"da 44ta o'yinda 44ta gol urdi
13 may 2022 12:11
Yangiliklar


Benzema joriy mavsum "Real"da 44ta o'yinda 44ta gol urdi
"Real" hujumchisi Karim Benzema joriy mavsum klub safidagi 44-golini urdi.
Francuz kecha "Levante" (6:0)ga qarshi La Liga 36-tur doirasidagi o'yinda Vinisius Juniorning pasidan so'ng gol urdi. Bu Benzema uchun joriy mavsum "Real" tarkibida 44-o'yindagi 44-gol bo'ldi.
34 yoshli frovard Ispaniya chempionatining to'purarlar jadvalida katta farq bilan etakchilik qilmoqda - 31ta o'yinda 27ta gol. Undan keyingi o'rinni 35ta o'yinda 18ta gol bilan "Selta" hujumchisi Yago Aspas egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar