Benzema "Al Ittihod"dan ketishni iltimos qildi
24 jan 2024 01:15
Yangiliklar
Oldinroq franciyalik futbolchi 17 kun davomida "Al Ittihod" ixtiyorida bo'lmagani klubdagilarni jumbushga keltirgani borasida malumotlar tarqagan va shu sababli uni yig'inlardan chetlatgandi. Karim Benzemaning yaqinlari esa forvard Mavrikiydagi to'fonlar sababli Saudiyaga bora olmayotganini malum qilishgandi.
Futbolchi rahbariyatdan "Al Ittihod"dan vaqtincha ketishni va Saudiyaning boshqa klubiga ijaraga berilishini iltimos qilgan.
Benzema "Al Ittihod"da bosim ostida o'zining eng yaxshi qirralarini ko'rsata olmayotganini sabab qilib ko'rsatgan.
Forvard ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 15 o'yinda qatnashib, 9 gol va 5 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar