Benites APLga qaytishi mumkin
18 sen 2020 16:50
Yangiliklar
Benites APLga qaytishi mumkin
"Dalyan Ifan" bosh murabbiyi Rafael Benites Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
"Rafiqam menga biroz dam olishni maslahat bermoqda. Ammo, menga maydonda bo'lish, taktika ustida ishlash va sovrinlar yutish uchun kurashish yoqadi. Albatta, men yana o'zimni Premer-ligaga va oilamga yaqinroq ko'rmoqdaman. Qachon? Hozir bilmayman.
Hozircha biz shtabim bilan birgalikda Angliya chempionati o'yinlarini ko'rishda davom ettirmoqdamiz. Pandemiya barchasini keskin o'zgartirdi, ammo bu bizning futbolga bo'lgan ishtiyoqimizni o'zgartirmaydi", - deydi Benites.
Oldinroq, ispaniyalik mutaxassis yana "Nyukasl" (hozirda Stiv Bryus boshqarmoqda)da ishlashni xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar