"Benfika" Ukraina terma jamoasi forvardiga qiziqish bildirmoqda
09 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
"Benfika" Ukraina terma jamoasi forvardiga qiziqish bildirmoqda
"Gent" hujumchisi Roman Yaremchuk "Benfika" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Portugaliya klubi 25 yoshli futbolchiga Evro-2020dagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng qiziqib qoldi.
Klublar Yaremchukning transferi borasida muzokaralarni boshlashdi.
Hujumchi o'tgan mavsum Belgiya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar