"Benfika" prezidenti hibsga olindi
07 iyu 2021 21:33
Yangiliklar
"Benfika" prezidenti hibsga olindi
"Benfika" prezidenti Luish Filipe Vieyra chorshanba kuni ertalab o'tkazilgan tintuvlardan so'ng hibsga olingan.
Manbaning xabariga ko'ra, Luish Filipe Vieyra firibgarlikda va poraxo'rlikda ayblanmoqda.
"Benfika" Portugaliya futbolining grandlaridan biri hisoblanadi. O'tgan mavsumda Lissabon shahrining "burgutlar"i "Portu"dan to'rt ochko va "Sporting"dan to'qqiz ochko ortda qolgan holda Portugaliya chempionatini uchinchi o'rinda yakunladi.
Yangi mavsumda klub CHempionlar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.
Fikrlar