Ben Foster De Xeani maqtadi
16 sen 2018 10:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453550_original.jpg)
![](/upload/storage/453550_220.jpg)
Ben Foster De Xeani maqtadi
"Uotford" darvozaboni Ben Foster MYUdan uchralgan mag'lubiyat va raqib darvozaboni David De Xea haqida gapirdi.
"0:2 hisobidan keyin ham ochko olish uchun harakat qildik. Ammo bugun omadimiz kelmadi. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. Vaziyatlardan foydalanishni qoyil qilmadik.
Mag'lubiyatimizga asosiy sababchi - David De Xea. U top-darvozabon, bunga shak-shubxa yo'q. Uning harakatlarini ko'rib, yosh darvozabonlar o'rnak olishi kerak", - dedi Foster.
Daavid so'nggi daqiqalarda ajoyib seyv namoyish qilib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Foster 2005-2010 yillar davomida "Manchester Yunayted"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar