So’nggi yangiliklar

15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  0 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13

Ben-Arfaning "France Football" nashrida chop etilgan maqolasi: "Franciyaning uslubi va o'yini - juda badbashara" Yangiliklar

Ben-Arfaning "France Football" nashrida chop etilgan maqolasi: "Franciyaning uslubi va o'yini - juda badbashara"

Ayni paytda erkin agent maqomidagi PSJning sobiq futbolchisi Xatem Ben-Arfa "France Football" nashrida terma jamoa haqida maqola yozdi.

Ben-Arfa "France Football" gazetasining bir sahifasini sotib olib, unda Franciya terma jamoasining mundialdagi ishtiroki xususida maqola chop etdi.

"Franciya terma jamoasining muvaffaqiyatidan barcha qatori men ham juda quvondim. Muxlislar, futbolchilar va Dide Deshan qanchalar baxtli ekanligini tushunib turibman. Lekin men bir narsani so'ramoqchiman, keling to'g'risini aytamiz: Franciyaning ushbu g'alabasi haqiqiy zavq bag'ishladimi? Sizlar baxtlimisizlar? Meni nazarimda, Franciyaning mundialda ko'rsatgan uslubi va o'yini juda badbashara bo'ldi. Men bu uslub endi Franciya akademiyalarida va klublarda qo'llanishini istamayman.

To'g'ri, bu uslubi juda samarali va foydali. Biz raqib xato qilishini kutamiz va ularni bu xatolari uchun tezda jazolaymiz. Franciya qo'llagan bu uslub foyda keltirdi. Bu uslubga ko'nikish va uzlashtirish juda oson. Ammo bu endi Evro-2020 saralash bosqichida ish bermaydi. Franciya mundialda qo'llagan uslubini asiriga aylanadi.

Franciyada hozir ajoyib avlod etishib chiqqan. O'yin qurishda tengsiz bo'lganlar - Grizmann, Fekir, Mbappe, Dembele... Bu futbolchilar bilan Deshan tanlagan uslubda o'ynash jinoyat. Franciya bu kabi ijrochilar bilan yanada chiroyli, yorqin va kuchliroq o'ynashga qodir. Tushuning, biz raqibga qarab o'ynashimiz kerak emas. Aksincha, Franciya o'z uslubini raqibga o'tkazishi, o'yinni to'liq nazorat qilishi lozim. Aynan shu jihat Franciya futboli falsafasiga to'g'ri keladi.

Men mese Dide Deshan oldida shlyapamni echaman. Lekin Franciya terma jamoasi rulida Zinedin Zidanga o'xshagan mutaxassisni ko'rishni istardim. SHundagina biz nafaqat natijadan, balki o'yindan ham rohat olamiz".

(c) Xatem Ben-Arfa.


Eslatib o'tamiz, Xatem Ben-Arfa ayni paytda erkin agent maqomiga ega. O'tgan mavsumda PSJ azosi sanalgan ushbu futbolchi Franciya chempionatida ham, ECHLda ham umuman maydonga tushgani yo'q.

Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика