Ben Arfani Tunisdagi maosh qoniqtirmadi
17 sen 2021 11:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/658378_original.jpg)
![](/upload/storage/658378_220.jpg)
Ben Arfani Tunisdagi maosh qoniqtirmadi
Yarim himoyachi Hatem Ben Arfa Tunis chempionatiga o'tishni rad etdi.
"Esperans" ushbu haftada "Bordo" bilan yozda shartnomasi tugagan 34 yoshli francuz bilan muzokaralarni elon qildi. Ammo, yakunda transfer amalga oshmadi.
Afrikaning to'rt karra chempioni Ben Arfaga yiliga 750 ming evro miqdorida shartnoma taklif qildi, ammo o'yinchi uchun bu etarli emasligi malum bo'ldi.
Ben Arfa bilan hozirda "Kayserispor", "Adana Demirspor" va "Rapid"ning muzokaralari davom ettirilishi kutilmoqda.
Ben Arfa "Bordo"ga o'tgan yili erkin agent maqomida o'tgan edi. Yarim himoyachi 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar