So’nggi yangiliklar

02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  51 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  5 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

Belgiyaliklarning hurmati yoki "Anderlext" UEFA yoshlar ligasining chorak finalida o'ynashni istamadi Yangiliklar

Belgiyaliklarning hurmati yoki "Anderlext" UEFA yoshlar ligasining chorak finalida o'ynashni istamadi

"Anderlext" diskvalifikaciya qilingan o'yinchisi bor Zagrebning "Dinamo"siga UEFA yoshlar ligasining 1/8 final uchrashuvida mag'lub bo'ldi.

Oldinroq saytimizda "Valensiya" UEFA yoshlar ligasida hisoblanmagan penalti sabab "CHelsi"ga mag'lub bo'lganini xabar qilgan edik. Keyinroq ispaniyaliklar appelyaciya berishdi.

Ammo ushbu voqea turnirning bu bosqichida yuz bergan yagona mojaro emas. "Anderlext" yoshlari zagreblik ("Dinamo") tengdoshlariga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Ammo xorvatlar "Barselona"ga qarshi musobaqaning 1/4 final bahsida maydonga tushmasa kerak. CHunki "Anderlext"ga qarshi o'yin tugashiga 7 daqiqa qolganda "Dinamo" sariq kartochkalar tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan Matiya Fantich maydonga tushdi. Eng qizig'i, belgiyaliklar appelyaciya berishmadi.

"Biz ularning joyini egallab olmoqchimiz. Zagrebliklar bizni maydonda halol mag'lub etishdi va biz tomondan appelyaciya berish to'g'ri bo'lmas edi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchi natijaga hech qanday tasir ko'rsatmadi. Kuchli jamoa g'olib bo'ldi" - deydi "Anderlext" rahbarlaridan biri Jan Kindermans.

SHunga o'xshash voqea 2014 yil CHempionlar ligasi saralash bahsida sodir bo'lgan. "Legiya" "Seltik"ni 6:1 hisobida mag'lub etadi, ammo shotlandiyaliklar keyingi bosqichga o'tishadi. Javob uchrashuvining oxirgi daqiqalarida maydonga o'ynashga haqqi yo'q bo'lgan Bartosh Berezinski chiqadi. Himoyachi oldingi mavsumda Evropa ligasi uchrashuvida chetlatilgan edi va u uch o'yinlik diskvalifikaciya yakuniga etmasdan maydonga qaytadi. SHotlandiyaliklar appelyaciya berishdi va UEFA ularni keyingi bosqichga o'tkazdi.

Qiziq, agar yoshlar ligasida ham CHempionlar ligasidagi sovrin jamg'armasi bo'lganida, belgiyaliklar qanday yo'l tutgan bo'lar edi?

"Anderlext" keyingi bosqichga chiqishni istamasligiga etibor bermagan UEFA tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan. Bugun ushbu ish va "CHelsi" - "Valensiya" uchrashuvidagi penaltilar seriyasi borasidagi qaror elon qilinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика