So’nggi yangiliklar

08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  0 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   12 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  15 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8

JCH-2018. Belgiya yana yirik hisobida g'oliblikka erishdi Yangiliklar

JCH-2018. Belgiya yana yirik hisobida g'oliblikka erishdi

Jahon chempionatining 2-turi doirasida Belgiya - Tunis uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

O'yin yakunlandi. Belgiya yana yirik hisobda g'olib bo'ldi.

90+3. GOOOOLLLLL!!! XAZRIIIIII!!!


90+1. ZARBAAAAAAAA!!! Batshuayining zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

90. GOOOOOOLLLLLL!!! Batshuayi Tilemansning to'p oshirishidan keyin darvozani ishg'ol qildi.86. O'zgarish. Mertens o'rniga Tilemans maydonga tushdi. 

83. Qandaydir 5 daqiqa davomida Mishining 4 zarbasi golga aylanmadi. Bugun uning kuni emas shekilli.

81. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Kevin de Bryuynening to'p oshirishidan keyin Batshuayi zarba berdi. Darvozabon buni qaytardi. Qaytgan to'pni yana bir marta Batshuayi darvozaga tepdi. Bu safar himoyachining oyog'iga tegib, maydondan tashqariga chiqib ketdi. Bu Tunisning ikkinchi darvozaboni.

80. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Karraskoning zarbasini qaytarishda posbon xatolikka yo'l qo'ydi. Mishi Batshuayi qaytgan to'pni 1 metrdan ham darvozaga joylay olmadi. Uning zarbasi ustunga tegdi.

76. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Mishi Batshuayi darvozabonni aldab o'tib, bo'sh darvozaga to'pni tepdi. Ammo himoyachi to'pni qaytarib yubordi. Meria termasining yaqqol goldan qutqarib qoldi.

75. Mishi Batshuayi yana darvozabon bilan birga bir holatga chiqib borishi mumkin edi. Ammo jarima maydonchasi tashqarisiga yugurib chiqqan tunislik posbon vaziyatni bartaraf etdi.

72. SHxiri o'ng qanotdan Belgiya termasi darvozasi tomon xavolatib to'p oshirishni ijro etgandi. Biroq to'p Alderveyrld tomonidan qaytarib yuborildi.

71. Batshuayi raqib darvozaboni bilan birga bir holatiga chiqib ketgandi. Ammo bu holatda ofsayd qayd etildi.

70. Tunis xavfli jarima zarbasini amalga oshirdi. Xazrining to'p uzatishini belgiyalik himoyachilar qaytarib yuborishdi.

69. Karrasko oldinga o'tdi. Raqib jarima maydonchasi yaqiniga kelganda Mertensga pas berdi. Biroq to'pga raqib posboni egalik qildi.

68. O'zgarish. Azar o'rniga Mishi Batshuayi.

67. Anis Badri zarba bergandi. Biroq to'p Tibo Kurtuaning qo'llariga borib tushdi.

66. Xazri chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni etkazib bermoqchi bo'lgandi. Biroq to'pni Boyata qaytarib qoldi.

65. O'tkazib yuborilgan to'rtinchi goldan keyin Tunis anchagina sustlashib qoldi. Go'yoki ular taslim bo'lgandek.

62. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Karraskoning aylantirma zarbasi biroz noaniq ketdi.

60. O'zgarish. Ferjani Sassi o'rniga Naim Sliti tushdi.

59. O'zgarish. Dubl qayd etgan Lukaku o'z o'rnini Fellayniga bo'shatib berdi.

57. Uchrashuvni 44190 tomoshabin kuzatib bormoqda.

56. Sassi xavfli zarba berdi. U bo'yi uzun Kurtuaning ustidan gol urmoqchi bo'ldi. Biroq zarba noaniq ko'rinish oldi.

54. O'yin surati biroz tushdi.

51. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! AZAAAAAARRRR!!! DUBL!!! U darvozabonni aldab o'tib, bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

50. Xazri yana bir marta zarba berdi. Bu safar Kurtua o'z o'rnida aniq harakat qildi. Zarba ham to'ppa-to'g'ri unga bordi.

49. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Xazrining oyog'i to'pga yaxshi tega olmagani sababli vaziyat xavfli ko'rinish olmadi.

47. CHap qanotdan De Bryuynening to'p uzatishidan keyin Alderveyrld zarba berdi. Biroq noaniq.

46. To'p uzatishilidan keyin Xazri gol urishi mumkin edi. Biroq Kurtua o'z o'rnida.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

Lukaku Menening alo darajadagi to'p uzatishidan keyin darvozabon bilan birga bir holatdan unumli foydalandi.

45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! LUKAKUUUUUUUUUUUU!!!45+3. XAVFLI VAZIYATTTTTTTT!!! Azar markazda katta tezlik namoyish qildi va to'pni Kevin de Bryuynega oshirdi. Kevin esa qulay vaziyatda turgan Lukakuga to'pni etkazdi. Ammo hujumchi zarba bera olmadi.

45+2. Tunis oldinga o'tishga urinmoqda. Biroq himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Xaoui chap qanotdan hujumga o'tgandi. Uni shundoqqina darvoza yaqinida Tobi Alderveyrld qaytarib qoldi. Burchakdan uzatilgan to'pga Belgiya posboni egalik qildi.

41. Tunis qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Yana bir majburiy o'zgarish. Himoyachi Ben Yussuf o'rniga Ben Aluayn maydonga tushdi.

40. Mene oldinga o'tdi. Raqib himoyachisini aldashga kirishgandi. Biroq hujumda fol ishlatdi.

39. Azar-Lukaku-De Bryuyne kombinaciyasidan keyin Lukaku darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi kerak edi. Biroq to'pga posbon ega chiqdi.

36. Xazri maydonda yotibdi. U maydonga qaytdi.

35. O'ng qanotda Xazrini Vitsel to'xtatib qoldi. Biroq hakam bunga hech qanday reakciya bildirmadi.

34. Menening o'ng qanotdan uzatgan to'pini darvozabon qiyinchilik bilan ushlab oldi. Navasning "Yuventus"dan o'tkazgan goli yodga tushdi.

33. ZARBAAAAAAAAA!!! Xazrining uzoq masofadan burgan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan ushlab oldi.

31. ZARBAAAAAAAA!!! SASSIIIIII!!! Tunis hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

28. Vitselning zarbasini himoyachilar qaytarib qoldi.

27. Lukaku oldinga o'tgandi. Uni darvozabon yiqitgandek ko'rindi. Biroq bunga penalti berilmadi.

24. Gol urgan Dilan Bronn almashtirildi. Uning o'rniga Naguez tushirildi. Bronn boshini ushlagan holda zambilda maydonni tark etdi.

22. Alderveyrldning jarima maydonchasi yaqinidan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

21. O'yin yuqori suratlarda davom etmoqda.

20. ZARBAAAAAAA!! Menening zarbasini darvozabon qaytardi.

Vaxbi Xazrining ajoyib to'p uzatishidan keyin Bronn boshi bilan darvozani ishg'ol qildi!

18. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! BROOOONNNNN!!! 2:1!!!

Mertensning ajoyib to'p uzatishidan keyin Lukaku chap oyog'ida darvozani ishg'ol qildi, 2:0.

16. GOOOOOOOOLLLLLL!!!! LUKAKUUUUUUUUUUU!!! 2:0!15. 15-raqamli Tomas Menening zarbasini Ben Mustafo qaytardi. 

14. Ogohlantirish. Sassi etiroz bildirgani uchun kartochka ishlab oldi.

14. Mertensning o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini Tunis himoyachilari qaytarib yubordi.

13. ZARBAAAAAAAAAA!!! Lukakuning o'ng qanotdan oshirgan to'piga Azar zarba berdi. Biroq to'p uning oyog'iga qulay tushmagani uchun gol bo'lmadi.

10. Tunis hujumga o'tdi. Biroq yakuniy to'p uzatilishini darvozabon ushlab oldi.

8. Belgiya raqib jarima maydonchasi yaqinida bosim uyushtirdi. Ammo Tunis tezkor qarshi hujumga o'tib ketgandi. Biroq hujum ham besamar chiqdi.

6. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! AZAAAAAARRRR!!! U penaltini aniq amalga oshirdi. 1:0.

5. PENALTIIIIIIII!!!! AZARNI YIQITISHDI.

4. Uchrashuvdagi ilk zarba. Tomas Menening uzoq masofadan bergan zarbasini posbon ushlab oldi.

3. Azarning pasidan keyin to'p darvozabonga qarab ketayotgandi. Biroq Lukaku katta tezlik ko'rsatib, himoyachidan o'tib ketdi va zarba berdi. To'pni darvozabon qaytardi.

2. Ilk daqiqalardanoq Belgiyada xavfli vaziyat. Jarima zarbasidan Kevin de Bryuynening uzatgan to'p darvozabonga borib tushdi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Termalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv boshlanish arafasida.

- O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi.

Belgium

Eden Hazard - 6', Romelu Lukaku - 16', Romelu Lukaku - 45', Eden Hazard - 51', Michy Batshuayi - 90'

World Cup Grp. G . 2-tur

23/06/2018, 17:00

2
:
5
Tugadi

Tunisia

Dylan Bronn - 18', Wahbi Khazri - 90'

Stadion: Otkrytiye Arena, 44190 tomoshabin

Bosh hakam: Jair Marrufo

45'
90'
6'  Eden Hazard
16'  Romelu Lukaku
16'  Dries Mertens
45'  Romelu Lukaku
45'  Thomas Meunier
51'  Eden Hazard
51'  Toby Alderweireld
59'  Romelu Lukaku (Marouane Fellaini)
68'  Eden Hazard (Michy Batshuayi)
86'  Dries Mertens (Youri Tielemans)
90'  Michy Batshuayi
90'  Youri Tielemans
14'  Ferjani Sassi
18'  Dylan Bronn
18'  Wahbi Khazri
24'  Dylan Bronn (Hamdi Nagguez)
41'  Syam Ben Youssef (Yohan Benalouane)
59'  Ferjani Sassi (Naim Sliti)
90'  Wahbi Khazri
90'  Hamdi Nagguez

Belgiya - Tunis 5:2. 44190 tomoshabin.
Gollar: Azar (6-pen), Lukaku (16), Bronn (18), Lukaku (45+4), Azar (51), Batshuayi (90+1). Xazri (90+3)
Belgiya: 1. Tibo Kurtua, 2. Tobi Alderveyrld, 5. Yan Vertongen, 15. Tomas Mene, 20. Dedrik Boyata, 6. Aksel Vitsel, 7. Kevin De Bryuyne, 11. Yannik Ferreyra Karrasko, 9. Romelu Lukaku (Maruan Fellayni, 59), 10. Eden Azar (Mishi Batshuayi, 68), 14. Dres Mertens (Yuri Tilemans, 86).
Tunis: 1. Faruk Ben Mustafa, 2. Siam Ben Yussuf (Ben Aluayn, 41), 4. Yassin Meria, 11. Dilan Bronn (Naguez, 24), 12. Ali Malul, 9. Anis Badri, 13. Ferjani Sassi (Naim Sliti, 60), 17. Ilyos SHxiri, 7. Saif Xaoui, 8. Faxriddin Ben Yussuf, 10. Vaxbi Xazri.
Ogohlantirish: Sassi (14).

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика