Belerin "Atletiko"da Tripperning o'rnini egallashi mumkin
20 iyu 2021 11:47
Yangiliklar
Belerin "Atletiko"da Tripperning o'rnini egallashi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Madridliklar Belerinni angliyalik Kiran Tripperga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Himoyachi "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.
Belerin London jamoasida 2013 yildan beri o'ynaydi. Uning "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar