So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  21 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Belarus. "SHaxtyor" g'alabaga erishdi va chempionlik uchun imkoniyatini saqlab qoldi Yangiliklar

Belarus. "SHaxtyor" g'alabaga erishdi va chempionlik uchun imkoniyatini saqlab qoldi

Belarus chempionati 29-tur doirasidagi "Rux" - "SHaxtyor" (Soligorsk) o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Rux" - "SHaxtyor" 1:2

Gol: Antich (8, 0:1), Sadovskiy (14, 1:1), Arxipov (1:2).

"Rux" Brest – Stepanov, Migunov, Kovtun, Raxmanov, Antilevskiy, Nvafor, Grechixo, SHevchenko, Petrenko (Kolpachuk, 65), Bogomolskiy, Sadovskiy.

"SHaxtyor" – CHesnovskiy, Sachivko, Antich, Xadarkevich, Begunov, Kendysh, Szoke, Podstrelov, Ivanovich, Yaxshiboev, Arxipov.

Ogohlantirish: Kovtun (56), Antilevskiy (67).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. CHempionlik masalasi so'nggi turda hal bo'ladi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Yaxshiboev raqibini taqib qilish chog'ida qoidani buzdi va to'p mezbonlarga olib berildi.

87. Podstrelovning zarbasini Kolpachuk burchakka chiqarib yubordi.

84. UXXXXX!! Hisob tenglashishi mumkin edi! Darvozabon avvaliga jarima maydonchasi tashqarisidan tepilgan to'pni, keyinchalik "peshonasining pasidan" yo'llangan zarbani qaytardi!

82. UXXXX!! Podstrelov "Rux" jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgandi. SHevchenko uni "chopdi" va sariq oldi.

78. XAVFLI VAZIYAT!!! Migunov "SHaxtyor" jarima maydonchasi ichiga kirib keldi. Uni Begunov to'xtatdi!

74. UXXXXXX!! Podstrelovning zarbasini Stepanov qiyinchilik bilan qaytardi!

70. BATE 2 daqiqada yana ikkita gol urib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. Barchasi oxirgi turga qolishi mumkin.

66. UXXXXX!!! "Rux" futbolchisi "SHaxtyor" futbolchisi jarima maydonchasi ichida yiqildi. Unga sariq  kartochka ko'rsatildi.

64. SHevchenko uzoq masofani bosib o'tib, CHesnovskiy qo'riqlayotgan darvozani nishonga oldi. Noaniq.

60. ZARBAAAAA!! Sadovskiyning zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi.

57. "SHaxtyor" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Antichning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

53. Begunov uzoq masofadan "Rux" darvozasini nishonga oldi. Himoyachilarga hos zarba!

50. ZARBAAAAAAAAA!! Arxipovning super pasidan keyin Podstrelov yaqin masofadan kuchli va noaniq zarba yo'lladi.

48. Ikkinchi bo'limdagi ilk hujumni "Rux" uyushtirdi. CHap qanotdan nvafor hujumga o'tdi, biroq raqibining taqibi sababli to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

45. Birinchi bo'limga ajratilgan vaqt tugashiga 5 soniya qolganida bosh hakam xushtagini chalib, taymni yakunladi.

43. "Belshina"ga qarshi bahs olib borayotgan BATE hisobni ochdi.

40. Antilevskiy chap qanotdan to'pni "shaxtyor" jarima maydonchasi ichiga oshirgandi. Antich havodagi kurashda raqibidan ustun keldi.

36. "SHaxtyor" hujumga o'tdi. Jasur yana bir bor raqibini aldab o'ta olmadi. Hozircha uning reydlari o'xshamayapti.

34. Grechixoning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini CHesnovskiy ushlab oldi.

31. UXXXX!!! Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Migunov o'ng qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga oshirgandi. Bogomolskiy yaqin masofadan zarba bera olmadi.

28. Arxipov to'pni Yaxshiboevga oshirgandi. Jasur raqibini aldab o'ta olmadi. Mehmon jamoaning bosimi oshib bormoqda.

24. Podstrelovning zarbasi noaniq ketdi.

21. GOOOOOOOOOLLLL!!!! Jamoadoshining super pasidan keyin Artyom Arxipov osonlik bilan darvozaga to'pni kiritdi!

17. Xadarkevich hujumdagi sherigiga to'pni oshirishni o'rniga darvozabonga tashlab berdi. U erda mehmonlardan hech kim yo'q edi...

14. GOL! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Vsevolod Sadovskiy darvozaga kiritdi. Himoyachilar vaziyatni jimgina kuzatib turishdi.

11. To'pni mehmonlar ushlab turishibdi. Biroq vaziyatlar yo'q.

8. GOOOOOOOOOOOLLLL!! Sokin boshlangan uchrashuvda Antich jarimadan unumli foydalangan holda, hisobni ochdi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv boshlanishi uchun barcha narsa shay!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Rux" - "SHaxtyor" uchrashuviga qaratamiz. CHempionlik uchun kurashayotgan soligorskliklar bu yo'ldagi yurishini davom ettiradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика