Belarus chempionati. "Energetik-BGU" 90+5 daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi, Umarov esa musobaqadagi ilk golini urdi (+jadval)
31 may 2020 19:55
Yangiliklar


Belarus chempionati. "Energetik-BGU" 90+5 daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi, Umarov esa musobaqadagi ilk golini urdi (+jadval)
Gollarga boy o'tgan bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. Bahsning 40-daqiqasida SHahboz Umarov raqib jarima maydoni yaqinidan darvozaga kuchli zarba berib, chempionatdagi birinchi golini urishga erishdi. Uchrashuv tugashiga bir necha soniya qolganida mehmonlarning braziliyalik legioneri Julio Sezar havodan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga boshi bilan joylab qo'ydi va bahs jangovar natija bilan yakunlandi.
Jasurbek Yaxshiboev esa o'yinni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuborgan.
Energetik-BGU – Vitebsk 3:3 (3:2, 0:1)
«Gorodskoy stadion»
Gollar: 0:1 – 8 Santos, 1:1 – 33 Bakich, 2:1 – 40 Umarov, 2:2 – 42, penalti Nikoleesku, 3:2 – 44 Tve, 3:3 – 90 Sezar.
Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchic, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 77), Nosko, Tve, Umarov (Musaxanyan, 61), Girs, SHkurdyuk.
Vitebsk – Gushhenko, CHalov, Sezar, Skitov, Nazarenko, Matveenko, Kalenchuk, Volkov (Fedosov, 82), Gurenko (Vasilev, 74), Nikoleesku, Santos (Ksenofontov, 80).
Ogohlantirishlar: Santos (9), Skitov (28), Nikoleesku (71), Mavatu (76).
CHetlatish: Yudchic (56).
TURNIR JADVALI
O’xshash yangiliklar

Fikrlar