So’nggi yangiliklar

23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 23:10"Челси" — ПСЖ. Таркиблар маълум  11 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  121 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

Bekzod Qodirqulov: "Tanaffus foydamizga ishladi" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Tanaffus foydamizga ishladi"

Pro liganing 17-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Aral Samali" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun g'alaba qozonishimiz oson kechgani yo'q. Barcha chiziqlarda yigitlar jipslashgan holda harakat qilishdi. Bir-birlarini qo'llab-quvvatlashdi. Biroq 2:0dan so'ng biroz diqqatni yo'qotishdi. Umuman olganda, bo'shashishdi. SHuning hisobiga oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. O'tgan turda "SHo'rtan" bilan kechgan o'yinning videolavhalarini yaxshilab o'rganib chiqqandik. SHundan kerakli xulosalar chiqarildi. Orada 20 kunlik tanaffusda kamchiliklar ustida ishladik. Yakuniy zarbani yo'llashda muammolarimiz bor. Futbolchilarimiz yosh, lekin to'g'ri yo'ldamiz, deb o'ylayman. O'yin bo'yicha "Aral Samali" ikkinchi bo'limda yaxshigina muammo tug'dira oldi. 

Oraliqda 20 kunlik tanaffus yuzaga keldi. Bo'sh vaqtda tayyorgarlik ko'rish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Mana shu vaqtda himoyachilarning o'zaro tushunishlari va hujumni yakunlash borasida ishladik. Yigitlarning jismoniy holatini ham tiklab oldik. Tanaffusda "Dinamo" bilan o'rtoqlik uchrashuvi orqali bugungi o'yinga hozirlik ko'rdik. "Xorazm" bilan ham o'yinga g'alaba uchun boramiz.

Muxlislarsiz o'yin qandaydir zerikarlidek bo'lmoqda. Ular futbolchilarga yanada kuch va shijoat berishadi. Hujumlarda keskinlik yuzaga keladi. Ishqibozlar bizning 12-o'yinchimiz hisoblanadi", – deydi Bekzod Qodirqulov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика