Bekxemning o'g'li ham millionerga aylandi
01 iyu 2022 08:30
Yangiliklar
Bekxemning o'g'li ham millionerga aylandi
Otasiga qarashli klubning "Inter Mayami 2" zaxira jamoasida o'ynaydigan 19 yoshli Romeo aka-ukalari ichida eng boyiga aylanib oldi.
Dekabr oyida u 1,2 million funtlik shartnomaga imzo chekib, "Puma" bilan kelishuvga erishgandi. Bekxemlar oilasida bunday shartnomalar bilan bog'liq muvaffaqiyatli anana bor. Devid Bekxem ham 2003 yilda "Adidas" bilan bir umrlik shartnoma tuzgandi.
The Sun nashri quyidagicha xabar berdi: "Romeoga "Puma"ning yangi yuzi bo'lishi uchun 1,2 million funt to'landi. Hozir u Bekxemlar oilasidagi eng boy farzand hisoblanadi.
Bu Romeoning maydondan tashqaridagi eng yirik shartnomalaridan biri bo'ldi. Bu borada unga boshqa brendlar ham taklif bilan chiqishgandi. Ammo yakunda u "Puma"ni tanladi.
Romeo sentyabr oyida "Inter Mayami 2"da debyut qilgandi. U huddi otasi qachonlardir o'ynagani kabi o'ng qanotda to'p tepadi.
Fikrlar