Beylning onasi: "Ronaldu o'g'limga "Real"ga moslashishda katta yordam berdi"
11 dek 2013 20:20
Yangiliklar


Beylning onasi: "Ronaldu o'g'limga "Real"ga moslashishda katta yordam berdi"
"Real Madrid"ning futbolchisi Garet Beylning onasi - Debbi Beyl, o'g'lining Madriddagi hayoti to'g'risida jurnalislarga so'zlab berdi.
"Garet o'zini Madridda juda yaxshi his etmoqda", - Debbi Beyl so'zlarini keltiradi Mirror.
"Krishtianu (Ronaldu) o'g'limga "Real"ga moslashishda katta yordam berdi. U o'zining insoniylik hislatlari yuqori darajada ekanligini namoyish etdi. Endi Garet o'zini yaxshi his etmoqda, buni uning maydondagi harakatlaridan ham bilib olishingiz mumkin. Garet aynan shunday hayotni orzu qilardi".
Eslatib o'tamiz, "qaymoqrangli"lar safida 13 uchrashuvda maydonga tushgan Garet Beyld 9ta gol va 7ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar