So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Begonalar. Deyarli maydonga tushmayotgan yulduzlardan tuzilgan jamoa Yangiliklar

Begonalar. Deyarli maydonga tushmayotgan yulduzlardan tuzilgan jamoa

Joriy mavsumda ko'p vaqtini zaxirada o'tkazayotgan omadsiz yulduzlardan iborat terma jamoani etiboringizga havola qilamiz.

Daniel Subashich ("Monako")

Daniel Subashich bir yil oldin JCH finaligacha etib borgan Xorvatiya qahramnoi edi. Benjamen Lekont xarid qilinganidan so'ng 34 yoshli posbon xatto qaydnomadan ham joy olmayapti. Ammo murabbiyni tushunish mumkin: Subashich jarohatini davolash uchun juda ko'p vaqt sarfladi. Veteran Diego Benalo o'ynab ketishini esa hech kim kutmagandi.


Elseid Xyusay ("Napoli")

Albaniyalik himoyachiga APLning ko'plab klublari qiziqish bildirgan edi va hozir ham bu mish-mishlar etarlicha. "Torino" bilan bahsni hisobga olmasak, 25 yoshli fubolchi faqat zaxiradan maydonga tushdi. Ammo u asosiy tarkibda ko'rinishi bilan jarohat oldi. Kelasi yozda uning shartnomasi yakuniga etadi va qishdayoq yirik shov-shuvli transfer haqida o'qishimiz mumkin.


Emre Jan ("Yuventus")

"Liverpul" sobiq futbolchisi bu mavsum juda xafa. Angliyadan tashqaridagi dastlabki yil muvaffaqiyatli bo'ldi, ammo Mauricio Sarri kelishi bilan muammolar boshlandi. Italiya chempioni Aaron Remsi, Rabo va yana 2 futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Natijada nemis futbolchisiga maydonda joy topilmay qoldi. U bazida A Seriya o'yinlarida ko'rinish beryapti, xatto Germaniya terma jamoasida ham uning o'rnini yoshlar egallashdi.


Xavi Martines ("Bavariya")

Xavi Martines o'tgan mavsum Niko Kovach qo'l ostida ko'plab o'yinlarda ishtirok etdi. U maydonga tushmagan bahslarda jamoa muvaffaqiyatsiz natijalarga erishdi. Ammo joriy mavsum hammasi o'zgardi va ispaniyalikning g'azabini tushunsa bo'ladi. "Bavariya" xatto Martines uchrashuvni ko'zida yosh bilan kuzatganini rad etdi.


"Albatta, Xavi o'ynmayotgani alamli. Ammo murabbiy boshqa sxemani tanladi va futbolchilar uning qarorini qabul qilishi kerak" - degandi klub sport direktori Hasan Salixamijich.


Leyton Beyns ("Everton")

"Leyton - klubning bir qismi va haqiqiy professional. U hali ham bizga kerak bo'lgan ajoyib futbolchi" - degandi Marku Silva himoyachi bilan shartnoma uzaytirilgandan so'ng.

Oxirgi gapga ishonish qiyinroq. Beyns xatto Liga Kubogi bahslarida zaxiradan maydonga tushmayapti. Liverpuldagilar veteranni qadrlamay qo'yishgan ko'rinadi.


Ektor Errera

Meksikalik yulduz Ektor Errera "Atletiko"ni kuchaytira olgan futbolchilardan biri, ammo Diego Simeone unga ko'pam ishonch bildirmayapti. Errera jamoadoshlari o'yinini faqat chetdan kuzatmoqda. Faqat "Yuventus"ga qarshi CHempionlar ligasi bahsida maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi. 29 yoshli yarim himoyachi gol urgani tufayli "Selta" bilan bahsni asosiy tarkibda boshladi.


Ammo mo'jizalar yakunlandi va yana uni zaxiraga "mixlashdi".


"U ajoyib futbolchi va jamoamizga mos. Biroq tarkibimizda Saul, Koke, Tomas va Lorente ham bor" - deydi Simeone.


Ivan Rakitich ("Barselona")

"Dunyoda "Barselona"dan yaxshiroq klub yo'q. Bu dunyoning eng zo'r jamoasi, ammo men tomoshadan rohatlanmay maydonga tushib, ter to'kishim kerak" - degandi Rakitich.

Rakitichning xafaligini tushunish mumkin. Frenki De Yong kelganidan so'ng JCH finalchisi zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. U maydonga tushganida esa "Barselona" "Granada"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bir yarim yildan so'ng uning shartnomasi yakuniga etadi va OAV uni hozirdanoq "Manchester Yunayted" bilan bog'lashmoqda. Ammo Rakitich quyoshli Kataloniyani doimo "qovun tushiradigan" yomg'irli Manchesterga almashtirishni xohlarmikan?


Braim Dias ("Real")

20 yoshli ispaniyalik "Manchester Siti"dan "To'g'ri yo'lni tanladim" deb o'ylagan edi. U xatto Gvardiolaning shoshmaslik haqidagi gaplarini ham eshitmadi. Dias endi "Real"da, biroq yangi jamoada uni eski muammolar kutib turgandi. Yigitcha Zidanga yoqsa kerak, ammo etarli darajada emas.  Dias doimo asosiy tarkibdan chetda qoladi. Unga ijarada boshqa klubda to'p tepishni taklif qilishgandi, ammo Braim rad etdi va endi asosiy tarkib orzusida zaxirada o'tiribdi.


Mario Gyotce ("Borussiya" D)

Mario Gyotce besh yil ichida jahon chempionati g'olibidan "Borussiya" zaxira futbolchisiga aylandi. Joriy mavsum Gyotce uchun juda muhim: Uning shartnomasi yozda yakuniga etadi va hozircha dortmundliklar yangi taklif haqida o'ylashmayapti. Bunga etarlicha sabab bor: Jamoaning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biri anchadan beri asosiy tarkib futbolchisi emas. Mario so'nggi bahslarda markaziy hujumchi rolida maydonga tushdi, ammo har safar omadsizlikka uchramoqda.


Mesut O'zil ("Arsenal")

Mavsumning dastlabki to'rt o'yinini o'tkazib yuborgan O'zil "Uotford"ga qarshi bahsda tarkibga kiritildi va bu yaxshilik bilan yakun topmadi. Nemis futbolchisining formada emasligi tufayli Emeri O'zilni yana tarkibga kiritmay qo'ydi. Katta maosh va o'yin amaliyoti yo'qligi yanvarda ijaraga yo'l oladigan futbolchini to'liq qoniqtirmoqda.


Mario Manjukich ("Yuventus")

Xorvatiyalik hujumchi joriy mavsum ko'zga tashlanmayapti. Mario "Manchester Yunayted", PSJ va Qatar klublarini qiziqishlariga javob bermagani uchun afsusda bo'lsa kerak. Mauricio Sarri jamoa veteraniga asosiy tarkibda maydonga tushmasligini aniq tushuntirib qo'ydi. MYU voqealar rivojini kuzatmoqda. "Yuve" xorvatiyalikni kerakli summaga sotishdan xursand bo'ladi, ammo qarorni futbolchi qabul qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика