"Bayer" Xabi Alonsoning "Real"ga o'tishi uchun 10 mln evro talab qiladi
18 apr 2025 14:48
Yangiliklar
"Bayer" Xabi Alonsoning "Real"ga o'tishi uchun 10 mln evro talab qiladi
Madridliklar Chempionlar Ligasining chorak finalida "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng Karlo Anchelottining kelajagi so'roq ostida qoldi. U 26 aprel kuni "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi finalidan so'ng jamoani tark etishi kutilmoqda va "Real" allaqachon uning o'rniga nomzodlarni faol ravishda ko'rib chiqmoqda.
Xabi Alonso ayni paytda "Real" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sanaladi. U "Bayer"da yaxshi ishlayotgani Madrid klubi rahbariyatiga manzur keladi. Uning 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bo'lsa-da, agar katta klubdan taklif tushsa, ertaroq ketishi mumkin. Ammo "Bayer" buning uchun kamida 10 mln evro olmoqchi.
Anchelotti o'rniga nomzodlar orasida Yurgen Klopp ham bor. Anchelotti ketsa, Santyago Solari vaqtinchalik murabbiy bo'lishi mumkin. U klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida jamoani boshqaradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar