So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Baxtiyor Hamidullaev: "Yana o'sha ahvol" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Yana o'sha ahvol"

Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Nasaf" jamoasi qandayligini yaxshi bilamiz. Uzoq yillardan beri shakllanib kelayotgan jamoa sanaladi. Murabbiy Ro'ziqul Berdiev ancha vaqtdan beri bir tekisda ish olib bormoqda. Bunday jamoaga qarshi ochiq o'yin qilganimizda xato bo'lar edi. SHuning uchun ikkinchi raqam ostida harakat qildik. O'ylaymanki, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Ammo, yana o'sha ahvol. Yarim himoya chizig'i vakillari bilan ishladik, bu borada o'sish kuzatildi. Endi hujumchilar bilan ishlashimiz kerak. Keyingi o'yinlarda boshqacha bo'ladi.

Timur Usmonovni ilojsizlikdan orqaroqda o'ynatyapmiz. Bu uning joyi emas. O'zini xohishi bilan oldinga ketaverdi. O'zim ko'rsatma berib Farhodni o'rniga oldinga chiqardim. Uni o'zi bilan yana gaplashamiz.



"Andijon"da o'ynagan sobiq futbolchilarni murabbiy sifatida taklif qilish bo'yicha ish ketmoqda. Bitta murabbiyga oson emas. Kecha yordamchilarim B licenziyasiga o'qigani ketganida qiynalib qoldik o'zimiz.

Rahbariyat tomonidan yoshlarga etibor qaratish vazifasi qo'yilgan, yoshlarimizga ishonch bildiramiz. Bugun zahiradan tushgan yoshlar o'yinni kuchaytirdi. Keyingi uchrashuvlarda yana bir nechta yoshlarimizga imkoniyat beramiz.

Oxirgi daqiqada barcha oldinga o'tdi, gol urish uchun hamma etib keldi. Biror narsa qilishmoqchi bo'lishdi. SHu vaziyat sabab Qahramon Bahodirov tortishib ketdi",- deydi Baxtiyor Hamidullaev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика