Baxtiyor Hamidullaev murabbiylik kurslarida o'qishni boshladi
13 sen 2014 12:52
Yangiliklar


Baxtiyor Hamidullaev murabbiylik kurslarida o'qishni boshladi
Andijonlik taniqli hujumchi Baxtiyor Hamidullaevni oxirgi yillarda hech bir jamoa safida ko'rmayotgan edik.
Malum bo'lishicha sobiq futbolchi murabbiylik sohasiga o'tayotgan ekan. Olingan malumotlarga ko'ra, Hamidullaev yaqinda Andijonda tashkil etilgan "S" murabbiylik kursida tahsil olgan. Aslida professional va oliy malumotli bo'lgan futbolchi to'g'ridan-to'g'ri "V" licenziyasi uchun o'qib, birinchi ligada bosh murabbiylik qilishi mumkin. Lekin Baxtiyor Hamidullaev o'zi uchun yangi bo'lgan sohada hammasini bir boshdan boshladi.
Umid qilamizki, o'z vaqtida bir qator gollari bilan muxlislar mehrini qozongan sobiq futbolchi murabbiy sifatida ham ishqibozlarni xursand etadi.
Umid qilamizki, o'z vaqtida bir qator gollari bilan muxlislar mehrini qozongan sobiq futbolchi murabbiy sifatida ham ishqibozlarni xursand etadi.

Fikrlar