So’nggi yangiliklar

21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  0 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  1 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  25 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1

Baxtiyor Hamidullaev: "Hozirgi hujumchilarga jo'shqinlik, harakat etishmayapti" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Hozirgi hujumchilarga jo'shqinlik, harakat etishmayapti"

Coca-Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Navbahor"- "Andijon" (0:0) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi

"Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsak "Vodiy derbi"larida Namanganmi, Andijonmi, Farg'onami o'ringa qaralmaydi. Hozirgi holatda esa jamoamiz uchun ochkolar suv va havodek zarur. "Navbahor" jamoasini qanday kuchli ekanini va yuqori o'rinlar uchun kurashayotgani barchaga ayon. SHu sababli qisqa muddat ichida "Navbahor"ga qarshi o'yin uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va bugun bir ochkoga ega bo'ldik. Lekin "Navbahor" jamoasida gol urish uchun bizdan ko'ra ko'proq vaziyatlar bo'ldi",- deydi Hamidullaev.

- Uchrashuvdagi oxirgi vaziyatda o'yindan tashqari holat bor edimi? Holis fikringiz.

- U vaziyatni men turgan joydan aniq ko'ra olmadim. Bizning oldingi uchrashuvlarimizda ham hakamlarning xatolari bir talay. Men hakamlar to'g'risida gapirishni istamayman, ular o'z ishini qiladi.

- Siz futbolchilik faoliyatingizda juda yaxshi hujumchi bo'lgansiz. Hozirgi hujumchilarda mavsumda 15ta va undan ortiq gol urish holatlari juda kam. Nima deb o'ylaysiz hozirgi hujumchilarga nima etishmayapti?

- Hozirgi hujumchilarda jo'shqinlik, harakat etishmayapti. Bizning jamoa hujumchilarida ham shunday, maydonda har bir qarichda, har bir daqiqada vaziyat bo'lib qolishi mumkin, ular esa bunga tayyor turmaydi. Ular tayyor vaziyat bo'lsa bo'sh darvozaga tepib "gol ursam" deydi meni fikrimcha.

- "Andijon" jamoasi bosh murabbiy izlayaptimi yoki mavsumni o'zingiz yakunlaysizmi?

- Menimcha mavsumni o'zim yakunlasam kerak.

- Oldingi hujumchilarda siz aytgan sifatlar bo'lgan. Ular o'z bilimi bilan murabbiy bo'lib etishib chiqadi. Lekin nima uchun murabbiy sifatida yaxshi hujumchi etishtirib chiqara olmaydi?

- Bilasiz, hozirgi chempionatimiz tur uchrashuvlari oralig'ida ozgina vaqt bor. Ertaga dam olinadi indinga jamoa yig'iladi tayyorgarlik ko'riladi, hujumchilar bilan alohida shug'ullanish uchun vaqt kam, hozircha mashg'ulotlardan so'ng og'zaki tarzda jarima maydoncha atrofida qanday ochilish kerakligi, nima qilish kerakligi haqida tushunchalar berib boryapmiz. Aytganimdek vaqtimiz oz bo'lmoqda.

- Mana siz "Andijon" jamoasida ikkita o'yin o'tkazdingiz. Jamoaning omadsizligiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- SHu ikkita o'yinda ham jamoamiz mag'lubiyatga yarasha o'yin qilmagan edi. Futbolchilarda ishonch va ishtiyoq etishmayotgan edi. Bugungi bir ochkodan so'ng jamoada ishonch ortadi deb o'ylayman

- Sizga jamoa rahbariyati tomonidan qanday vazifa yuklatildi?

- Har bir uchrashuv o'tgani sari jamoa o'yini sifatini yaxshilab borish vazifasi qo'yilgan.

- "Andijon" jamoasini keyingi yil Superligada ko'ramizmi?

- Albatta. Xudo xohlasa superligada qolish uchun bugun birinchi qadam qo'yildi. Keyingi turda bizni «Buxoro»ga qarshi olti ochkolik asosiy o'yin kutib turibdi. Xudo xohlasa g'alaba qozonamiz

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика