So’nggi yangiliklar

09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  2 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  9 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  2 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  7 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  1 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  45

Baxtiyor Davlatovni xotirlab Yangiliklar

Baxtiyor Davlatovni xotirlab

Men yangierlik Baxtiyor Davlatovning o'yinlarini ko'rgan emasman. Faqat o'z davrining eng yaxshi to'purar hujumchilaridan biri bo'lganini bilaman xolos.
“Mashal” futbol klubiga endi ishga kirgan kezlarim Baxtiyor aka allaqachon futbolchilik faoliyatini tugatib, “Mashal”ning Toshkentdagi mamuri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. SHu-shu Muborakda ish boshlaganimdan so'ng Baxtiyor Davlatov bilan tanishdim.

Baxtiyor aka hayotda ancha ochiqko'ngil, sofdil odam edi. U kishi oramizdan ancha erta ketdi. Hayot bo'lganida 44 yoshni qarshi olgan bo'lardi. U kishining engil mashinasida bir-ikki marta Yangierga borib kelganimizni juda yaxshi eslayman. Yo'l bo'yi faqat futbol haqida gaplashib ketardik. Baxtiyor aka futbolni juda yaxshi tushunar, mulohazalari ham ancha o'tkir edi. O'zi ham hujumchi bo'lgani uchun bo'lsa kerak, hozirgi hujumchilardan juda ko'p nolirdi. Oliy ligamizda har o'yinda gol uradigan hujumchilar kamayib ketdi derdi.

Baxtiyor aka mashinani tez haydashni yaxshi ko'rardi. Radar bo'lmagan joylarda “Epica”ni uchirib ketardi. Axir o'zi ham tezkor hujumchi bo'lgan ekan-da. Baxtiyor Davlatovning vafot etganini eshitib to'g'risi karaxt ahvolga tushib qoldim. To'g'ri, uning sog'ligi bezovta qilayotgani haqida eshitgandim. Bundan ikki-uch yilcha oldin operaciya ham bo'lgandi. Baxtiyor aka o'sha operaciyadan keyin ancha ehtiyotkor bo'lib qolgandi. Rejimga qattiq amal qilardi. Bunday o'ylab qarasam, u kishi bilan oxirgi bor ko'rishganimizga ham ancha bo'libdi.

O'z davrining yorqin hujumchilaridan biri Baxtiyor Davlatov endi oramizda yo'q. To'purar hujumchi juda ko'pchilik bilan yaqin munosabatda edi. Ayniqsa, “Mashal” futbol maktabida bolalar murabbiyi bo'lib ishlayotgan Vali Keldiev bilan juda qalin aloqada edi. Barcha Davlatovlar singari Baxtiyor aka ham boshqalarni hurmat qiladigan inson edi. O'tgan yilning yozida “Mashal” Toshkentda “Metallurg” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi. Fotoarxivimga qarab quyidagi suratni topib oldim. O'sha o'yinni ko'rish uchun Baxtiyor Davlatov ham kelgan ekan. Hayot – naqadar beshafqat, Siz suratda ko'rib turgan SHamil Tolipov bilan Baxtiyor Davlatov (sariq formada) yaqin-yaqingacha oramizda edilar. Afsuski, ular endi yo'q. Joylari jannatda bo'lsin.
 

Xayrulla XOLIQOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика