So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Baxtiyor Boboev: Tarbiyalanuvchilarimizdan faxrlanamiz Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: Tarbiyalanuvchilarimizdan faxrlanamiz

Avval xabar berib o'tganimizdek, klubimiz yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovning Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.

Etiborlisi, yakuniy uchlik ro'yxatidan “Bunyodkor” vakillari joy olishgan edi. OFKning bunday yuksak etirofidan keyin “Bunyodkor” FK bosh direktori Baxtiyor Boboevning fikrlari bilan qiziqdik.

- 2015 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinining yakuniy uchlik ro'yxatidan “Bunyodkor” FK vakillari joy olganlaridan faxrlandik. OFK eng yaxshi yosh futbolchi deb Dostonbek Hamdamovni topdi. Ishoning, Eldor SHomurodov va Zabihillo O'rinboev ham bu kabi etirofga munosib va loyiq edilar. Agar menga imkoniyat berilib, ro'yxatni kengaytirish imkoni bo'lganida Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov va Otabek SHukurovni ham qo'shgan bo'lardim. SHuningdek, Xurshid G'iyosov va Mirjamol Qosimov va boshqalar ham ulardan aslo kam emas.

Klub yangi tashkil etilgan yillari rivojlanish dasturi ishlab chiqilgandi. Aynan ushbu dasturga muvofiq, dastlabki mavsumlarda kuchli futbolchilar jamoamiz sharafini himoya qilishdi. O'zimizning tarbiyalanuvchilarimizga ega bo'lish uchun o'sha paytlarda mashaqqitli ishlar olib borilgan. Bu jarayonni nazorat qilishga “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan tajribali futbolchilar jalb etilgan edi. Misol tariqasida, Sergey Lushchan, Oleg Belyakov va boshqalarni keltirishim mumkin. Selekciya ishlari juda yuqori saviyada tashkil etilgan edi. Biz nafaqat toshkentlik, balki viloyatlardan bo'lgan bolalarni ham kuzatib borgan edik. Kecha Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etilgan Dostonbek Hamdamov aynan shu yoshlardan biri edi. Uni bizga otasi olib kelgandi. Dostonbek, futbol maktabimizda bir necha yil mobaynida Sergey Lushchan va Muxiddin Ortiqov qo'l ostida shug'ullandi. U barchasini bosqichma-bosqich bosib o'tyapti – o'smirlar termasida, birinchi ligada, yoshlar ligasida o'ynadi. Ikki yildan buyon esa asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Olimpiya terma jamoamizga chaqirilmoqda. SHuningdek, sekin-asta milliy terma jamoaga ham jalb etila boshladi.

Ortda qolayotgan mavsumda “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida bir necha tarbiyalanuvchilarimiz harakat qilishdi. Orttirilgan tajriba, futbolchilarimizga Yangi Zelandiyada o'tgan jahon chempionatida asqotdi va ular turnirda munosib ishtirok etishdi.

SHuni alohida takidlash kerakki, davlatimiz rahbarining etibori natijasida ajoyib sharoitlarga ega bo'lgan futbol maktabi yaratildi. Futbol maktabimizning turli yoshdagi jamoalari nafaqat ichki musobaqalarda, balki xalqaro turnirlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va boshqa terma jamoalariga “bunyodkor” futbol maktabining juda ko'plab tarbiyalanuvchilari taklif etilmoqda. Yaqinda oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika musobaqasida 1999 yilda tavallud topgan futbolchilari g'olib chiqishdi. Qolaversa, Toshkent shahar birinchiligida hozircha 2ta jamoamiz birinchi o'rinni naqd qilib bo'lishdi. Yana boshqa jamoalarimiz turnirni birinchi o'rinda yakunlashga juda yaqin turishibdi. SHunday ekan, biz kelajagimizni ishonch bilan barpo etyapmiz, deb bemalol ayta olaman.

Dostonbek Hamdamovni va uni shu darajaga etishishida o'z hissalarini qo'shgan barcha insonlarga rahmat aytaman va ularni tabriklayman. Uning ushbu muvaffaqiyatidan keyin O'zbek futbolining boshqa vakillari ham bu kabi yuksak etirofga erishishiga tilakdoshman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика