So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  94 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Baxtiyor Boboev: "Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: "Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz"

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 7-21 yanvar kunlari BAAning SHarja shahrija yig'in tashkil etdi. Safardan qaytilgach klubning bosh direktori Baxtiyor Boboevning ushbu yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- BAA yig'inining tashkiliy jarayonidan qoniqdingizmi?
- Bizning delegaciya SHarja shahridagi “Radisson blue” mehmonxonasida istiqomat qildi. Hammasi yuqori saviyada bo'ldi: yashash va ovqatlanish uchun yaratilgan sharoitlar, mashg'ulot maydonlari va nazorat uchrashuvlari bizga maqul keldi.

- Mashg'ulotlar davomida avvaldan rejalashtirilgan ish hajmi to'liq bajarildimi?
- Umumiy hisobda ha. Asosiy etibor oldimizda turgan uzun mavsumni yuqori saviyada o'tkazishga etadigan funkcional baza yaratish va chiziqlar orasidagi bog'liqlikni mustahkamlashga qaratilgan edi. CHunki joriy yildagi ilk rasmiy uchrashuvimiz – CHempionlar ligasi “pley-off” uchrashuviga hech qancha vaqt qolmadi.

- Nazorat-sinov uchrashuvlaridagi asosiy etibor nimalarga qaratildi?
- Sparring raqiblarimizning kuchi va mahoratiga qarab tarkibimizdagi barcha futbolchiga imkoniyat berishga harakat qildik. Masalan, Afrika millatlaro kubogi turniriga tayyorgarlik olib borgan Gana milliy terma jamoasi va SHotlandiya chempionatida 3-o'rinni egallab turgan “Aberdin” klubiga qarshi o'yinlar futbolchilarimiz uchun yaxshigina maktab bo'lib xizmat qiladi. Qayd etish kerakki, bu ikki jamoa funkcional va boshqa ko'plab jihatlar bo'yicha bizdan ustun edi. SHu boisdan ham yakuni natija biz uchun muhim emas edi. SHuningdek, Osiyo jamoalariga qarshi kechgan boshqa nazorat uchrashuvlarimizda ham natijaga etibor qaratmadik. Eng asosiysi, jamoamizning OCHL “pley-off” uchrashuviga munosib tayyorgarligi.

- Jamoaning qaysi chizig'i Sizni xavotirga solmoqda?
- Bu – futbol! Unda har narsa bo'lishi mumkin. Aytaylik, kimdur jarohat olsa yoki kasal bo'lib qolsa tarkibda o'zgarish qilish va shakllantirilayotgan o'yin chizmasini almashtirish kerak bo'ladi. SHularni inobatga olgan holda turli uslublarni qo'llab ko'rdik. Bazi futbolchilar turli chiziqlarda sinab ko'rildi. Raxbariyat doimo jamoaning o'yinini kuchaytirishni istaydi. SHunday ekan, har bir chiziq bo'yicha ishlash kerak.



- “Bunyodkor”ning yangi vakillari, jumladan legionerlar haqida qanday fikrdasiz?
- Avvalo, jamoaning muhiti va o'yin uslubiga moslashish uchun malum vaqt talab etiladi. Dushan Michich yarim himoyachi sifatida ham, markaziy himoyachi ampluasida ham yomon harakat qilgani yo'q. Vadim CHemirtan esa birinchi uchrashuvidayoq gol urdi. Oldingi chiziqda harakat qilgan Javohir Esonqulov ham yaxshi taassurot qoldirdi. SHuningdek, SHahzodbek Nurmatov va Eldor SHomurodov ham gollar urishdi. SHunday ekan, hujum chizig'ida o'ziga xos sog'lom raqobat kutilmoqda.

Yosh darvozabon Dilshod Xamroevning hatti-harakatlari ham yoqdi. U darvozada kerakli poziciyani tanlashda, havodagi to'plarga sakrashda, oyoqlari bilan to'p tepishda va standart vaziyatlarida to'pga chiqishda yaxshi o'ynay olishini amalda ko'rsatdi. Umuman olganda, futbol maktabimizda tarbiya topayotgan yoshlarga ishonishda davom etamiz. Yoshlar ham ishonchni oqlashga harakat qilishmoqda. SHunday ekan, klub yoshlar bilan ishlashda to'g'ri yo'lni tanlagan.

- Keyingi rejalar qanday?
- Ushbu haftada o'z qarorgohimizda shug'ullanamiz. Navoiyning “Qizilqum” klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. Dushanba kuni esa jamoa yana BAAga yo'l oladi. “Al-Jaish” klubi bilan bo'ladigan bahsga qaratilgan tayyorgarlikning so'ngi bosqichi Abu-Dabi shahrida olib boriladi. 5 fevral kuni Qatarga uchamiz va 7 fevralda Doha shahrida “pley-off” uchrashuvini o'tkazamiz. Yaxshi tayyorgarlik olib borib, uchrashuvni yuqori saviyada o'tkazishga va shu orqali muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Muvaffaqiyatlar tilaymiz!
- Rahmat!

Mirzahakim To'xtamirzaev suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика