So’nggi yangiliklar

14:15Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди   4 13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  9 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  2 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  10 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   14 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  19 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  4 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7

Baxtiyor Boboev: “Legioner borasida xato qilishga haqqimiz yo'q” Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: “Legioner borasida xato qilishga haqqimiz yo'q”

Teglar :  BunyodkorBoboev
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ayni kunlarda BAAning SHarja shahrida 2016 yilgi mavsumga hozirlik ko'rmoqda.

“Qaldirg'ochlar” amirliklarda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirishgan. Kecha esa yig'in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvi Rossiya premer ligasi vakili, Mahachqalaning “Anji” klubiga qarshi o'tkazildi. Unda “Bunyodkor” Sanjar Qodirqulov, SHahzodbek Nurmatov va Zabihillo O'rinboevning gollari evaziga raqibdan 3:2 hisobida ustun keldi. BAA yig'ini doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvidan keyin jamoamiz rahbari Baxtiyor Boboevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Baxtiyor Melievich, avvalo “Anji”ga qarshi uchrashuv haqida so'ramoqchi edim. O'yin qanday taassurot qoldirdi?
- Qanday uchrashuv bo'lishidan qati nazar erishiladigan g'alaba doimo yoqimlidir. “Anji” kuchli jamoa. Lekin biz ulardan kam emasligimizni amalda isbotladik. Kuniga ikki uch mahaldan shug'ullanib, yigitlarga og'ir yuklamalar berib kelayotgandik. SHu tomondan olib qaraganda, raqib biroz engilroq o'ynadi. “Anji”ga qarshi bahsda natija ikkinchi darajada bo'ldi. Asosiysi, futbolchilar o'zlariga yuklatilgan vazifalarni yaxshi bajarishdi.

- Har bir bo'lim uchun alohida tarkibning maydonga tushirilishi oldindan malum edimi?
- Reja bo'yicha BAAda oltita nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. SHularning dastlabki uchtasida hamma futbolchilarga bir xil imkoniyat beriladi. Rossiya klublari – “Anji”, “Amkar” va “Lokomotiv”ga qarshi bo'ladigan o'yinlar orqali asosiy tarkibning o'zagini aniqlab olamiz. Oxirgi uchta o'yinda esa asosiy tarkib shakllantiriladi.

- Tarkibdagi raqobat xususida nima deya olasiz?
- Ochig'ini aytsam, har bir chiziqqa 2-3 nafardan nomzod bor. “Anji”ga qarshi bahsda Sanjar Qodirqulov, Javohir Esonqulov, Islom Qobilov, Dilshod Ahmadaliev singari akademiyamiz tarbiyalanuvchilari juda yaxshi taassurot qoldirishdi. SHuningdek, “Bunyodkor”ning yangi futbolchilari – SHahzodbek Nurmatov, Bahodir Nasimov va Aleksandr Alempievich ham jamoamizga tez moslashib ketishdi. Tarkibda qancha ko'p raqobat bo'lsa, bu murabbiylar shtabi uchun yaxshi manoda bosh og'riq bo'ladi. Murabbiylar futbolchi izlab bosh chayqagandan ko'ra, qo'l ostidagilardan kimlarni tarkibga kiritish haqida o'ylagani yaxshiroq.

- Bu mavsumda ham “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari orasidan asosiy tarkibga munosib bo'lganlari bormi?
- Bor. 1997 yilda tavallud topganlar orasida Qodirqulov, Esonqulov, Qobilov va Ahmadaliev kabi futbolchilardan umidimiz katta. Masalan, Sanjar Qodirqulov va Dilshodbek Ahmadalievlarni olaylik. Ularni “Obod” jamoasiga ijaraga bergandik. Futbolchilarimiz ushbu klub safida tajriba to'plashdi, o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. Hozirgi paytda shu va boshqa yoshlar asosiy jamoaga kirish uchun raqobatlashishmoqda.

- “Bunyodkor”da legioner futbolchi uchun bitta bo'sh o'rin mavjud. Bu joy xorijlik o'yinchi bilan to'ldiriladimi?
- Oldimizda mavjud bo'lgan nomzodlarni kuzatib chiqdik. Kimnidir o'yin sifati qoniqtirmadi, boshqalarini esa bizga qo'ygan talablari. Legioner futbolchi – juda nozik masala. SHu bois bu borada xato qilishga haqqimiz yo'q. Bizning ham legionerlarga qo'yadigan talablarimiz bor. Saviyasi baland, sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'ladigan futbolchi izlayapmiz. O'rtamiyona legioner olib kelgandan ko'ra, o'z tarbiyalanuvchilarimizga ishonch bildirib, klubning ertasi uchun yoshlarni tayyorlaganimiz yaxshi, deb o'ylayman.

- Olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytgan futbolchilar mashg'ulotlarga qo'shilishdimi?
- Ha, terma jamoadagi besh nafar futbolchimiz klub ixtiyoriga qaytdi. Ularning safga qo'shilishi raqobatni yanada oshirdi. Endi to'liq tarkib bilan 9 fevral kungi bahsga qaratilgan tayyorgarligimiz yanada kuchayadi.

- “Pley-off”dagi raqib jamoa – “Al-SHabab”ni o'rganish ishlari qanday ketmoqda?
- “Al-SHabab”ning “Al-Ahli”ga qarshi uchrashuvini stadionga borib kuzatdik. Umuman olganda, ikkala jamoa ko'rsatgan o'yin yaxshi taassurot qoldirdi. Raqibimiz safida Azizbek Haydarov, Jo, Karles Vilyanueva va Enrike Luvannor singari futbolchilarning hatti-harakatlari ajralib turdi. Jamoaning asosiy yuki aynan shu to'rtlik zimmasida ekanligini ko'rinib turibdi. “Al-SHabab” o'yinini kuzatib, ularning ustun va kamchilik jihatlarini belgilab oldik. Biz Toshkentga qaytgunimizcha “Al-SHabab” yana ikkita uchrashuv o'tkazadi. Ushbu o'yinlarni ham diqqat bilan kuzatib, raqib borasida yakuniy xulosalarni qabul qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика