Baxtiyor Boboev: "Bunyodkor"da kuchli murabbiy ishlashi lozim"
21 okt 2015 19:28
Yangiliklar
Baxtiyor Boboev: "Bunyodkor"da kuchli murabbiy ishlashi lozim"
"Yigitlarga rahmat. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishdi. Barcha futbolchi o'ziga aytilgan ko'rsatmalarni aniq bajardi.
Yigitlar raqib o'yiniga qarab harakat qilishdi.
Ko'proq gol urishimiz mumkin edi? Bu bizning aybimiz. Ikkinchi raqam ostida harakat qilganimizda doimo sovuqqonlik etishmaydi. Yoshlarga biroz tajriba etishmayapti. Bu borada albatta ish olib boramiz.
Men bosh murabbiy emasman. Biz murabbiy qidiryapmiz. SHoshib kimnidir qo'yib qo'ymoqchi emasmiz. Variantlarimiz bor.
Bu borada izlanishlar olib bormoqdamiz. Mahalliy murabbiy yoki chet eldan bo'ladi deya olmaymiz. Qosimov? Variantlarimiz orasida Mirjalol Qosimov ham bor. Bunday vaziyatda tezkorlik bilan boshqa murabbiy qo'yib bo'lmaydi. SHu sababli, men o'zim jamoani boshqarib turibman.
OCHLga chiqish chiqmasligimizdan qatiy nazar jamoamizda kuchli murabbiy ishlashi lozim", deydi Boboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar