So’nggi yangiliklar

18:54Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  3 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  0 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  14 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  3 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6

Baxtiyor Ashurmatov: “Teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda g'alaba qozondik” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda g'alaba qozondik”

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Tabrik uchun rahmat. O'ylaymanki “Qo'qon-1912” bugungi o'yini bilan uyalmasligi kerak. CHunki yigitlar ajoyib futbol namoyish etishdi. Tengma-teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda bizning jamoa g'olib bo'ldi. Bugungi stadionga kelgan mahalliy ishqibozlar tabiiyki natijadan hafa bo'lishdi. Lekin menimcha oxirigacha bo'lgan kurashni ko'rib ular bundan xursand bo'lib qaytishdi. CHunki Qo'qonni ham “Navbahor”ni ham ajoyib muxlislari bor. Butun o'yin davomida ular qo'llab-quvvatlab turishdi. SHu sababli qo'qonlik ishqibozlarga ham va namanganlik muxlislarimizga ham jamoa nomidan minnatdorchilik bildirgan bo'lardim - deya gap boshladi Ashurmatov. 

- Oxirgi paytlarda ko'pchilik “Navbahor” boshqaruvini tark etib, asosiy etiboringizni OTJga qaratishingiz kerakligini aytmoqda. Bunga fikringiz qanday?

- O'ylaymanki bu borada etirozlar o'rinli. CHunki yil boshida jamoa tuzganimizda, 10-11-o'rinlar uchun kurashadigan klub tuzmoqchi bo'lmaganmiz. Sababi boshqa murabbiy ham o'sha 12-o'rin uchun kurasha oladi. SHuning uchun bugungi bahs hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Agar bugun mag'lubiyatga uchraganimizda 12-13-o'rinlar uchun kurashishimizga to'g'ri kelardi. SHu sababli bu to'g'ri kelmasdi. Oxirgi paytlarda juda ko'p etirozlar bildirishmoqda. OTJ haqida savol berib o'tdinglar, avvalambor o'zbekistonlik futbol muxlislarini OTJni Osiyo chempionatiga chiqqani bilan tabriklagan bo'lardim. To'g'ri biz saralash bosqichida muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatdik. Agarda OCHga chiqa olmaganimizda, xalqimiz shunday yuqori saviyadagi yirik turnirdan chetda qolgan bo'lardi. Xudoga shukurki, omadimiz bor ekan Osiyo chempionatiga chiqdik. Men nimaga oxirgi guruhdagi so'nggi o'yinlarni hayajon bilan kuzatib bordim? Negaki, o'z ish joyimni yo'qotib qo'yaman degan fikrda emas, o'zbekistonlik futbol ishqibozlari osiyo chempionatidan chetda qolishmasin degan maqsadda juda katta hayajon bilan kuzatib turdim. Mana endi Xudoga shukur, ushbu bosqichdan o'tib olindi. Endi o'ylaymanki oliy liganing birinchi davrasidagi o'yinlarni o'tkazib olganimizdan so'ng, “Navbahor” muxlislari va mutasaddilari bilan uchrashamiz. Qolaversa futbol federaciyasi rahbari bilan ham uchrashib ular bilan ham gaplashib, yakuniy qarorga kelamiz. Tushunib turibman, hozir vaziyat juda ham chigal. Istardimki, to'g'ri qaror qabul qilib, bu har ikki tomon uchun foydali bo'lishini. SHu bois muxlislar ozgina kutib turishsa, birinchi davradan keyin qandaydir o'zgarish bo'lishi mumkin.

- “Navbahor” jamoasida muammolar bor deb o'ylaysizmi?

-  Yo'q, muammolar faqat o'yin bo'yicha bor. Kecha yigitlarga ham aytib o'tgandim, biz oxirgi marta o'tgan yili “Buxoro” bilan bo'lib o'tgan safar uchrashuvida kurashganmiz. Futbolchilarga tushuntirib o'tdim, o'zlariga ishonch bo'lishini. CHunki uyda butunlay boshqa o'yin ko'rsatishsa, safardagi uchrashuvlarda o'zlariga bo'lgan ishonch va shijoat etishmaydi. SHu bois bu tomondan bizda muammolar bor edi. Yigitlar esa bundan to'g'ri xulosa chiqarishdi va bugungi o'yinda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Moddiy tomondan esa muammolar bor deb o'ylamayman. Bu borada bizga viloyat hokimligi, klubimiz rahbarlari imkon darajasida yordam bermoqda.  

- O'zingizda Qo'qonda tug'ilib, shu erda ulg'aygansiz. Hozir esa boshqa viloyat jamoasi bosh murabbiyi sifatida Qo'qonga kelib, uch ochko bilvn qaytmoqdasiz. Ayni damda qanday his tuyg'ularni o'tkazmoqdasiz?

- Etibor bergan bo'lsanglar, xursandchilikdan osmonga “sakraganim” yo'q. CHunki qo'qonlik va namanganlik muxlislar stadionda doimo ajoyib muhitni yaratishadi. Bugun qo'qonlik ishqibozlar oldidan uzr so'ragan bo'lardim. Lekin bu – futbol. SHu sababli hozir “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayapmanmi? Demak, natija uchun men javob beraman. Sportda shunday.  Qolgan turlarda to'g'isini aytaman, eng avvalo “Qo'qon-1912” natijasi  bilan qiziqaman. CHunki bu jamoaga befarq bo'la olmayman. Agarda g'alaba qozonsa xursand bo'laman, aksincha bo'lsa hafa bo'laman. Sababi qo'qonlik muxlislarni xurmat qilaman. Jamoa rahbariyati bilan munosabatlarim alo darajada. Bosh murabbiy Rustam aka Abdullaev bilan ham munosabatlarimiz alo darajada. SHuning uchun qolgan o'yinlarda “Qo'qon-1912”ga omad tilayman. O'ylaymanki, bunday jonkuyar rahbari va muxlislari bilan jamoa oliy ligada qolish uchun kurashmaydi. Aksincha birinchi yilni inobatga olib, aytadigan bo'lsak, 6-8-o'rinlar uchun kurashadi. 

- “Navbahor” va OTJ murabbiyi sifatida aytingchi, bugun mezbonlar tarkibida o'ynagan olimpiyachilar qanday taassurot qoldirdi va bugungi uchrashuvda o'zini ko'rsatgan o'yinchi deb kimni aytgan bo'lardingiz?      

- Menimcha Quvondiq Ro'ziev o'zidan yomon taassurot qoldirmayapti. U olimpiya terma jamoasiga munosib nomzod. Keyin bugun Doniyor Usmonov zaxiradan maydonga tushdi. Menimcha u jarohatdan keyin boshlang'ich tarkibda tushmayotgan bo'lsa kerak. Lekin bugun Usmonov zaxiradan maydonga tushgach, oldingi chiziqni kuchaytirdi. Keskinllik yuzaga keldi. Zaxirada qoldirilgan himoyachi Xurshid Muxtorovga keladigan bo'lsak, kecha uni yoshla ligasidagi bahsda ko'rdim. U ham asosiy tarkibda o'ynashga munosib o'yinchi. Agar ular o'z ustida ishlasa OTJda ham yordam berishi mumkin. Bugungi o'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, mezbonlar tarkibida birinchi bo'limda Nosir Otaqo'ziev o'z imkoniyati darajasida to'p surdi. Har doim himoyachilarimizni sarosimada ushlab turdi. O'z jamoamdan esa qaysidir futbolchini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Bugun hamma yigitlar oxirigacha kurashdi. Bugungi g'alaba uchun ularga rahmat degan bo'lardim. CHunki mazkur uchrashuv principial edi – deydi Baxtiyor Azamovich.  

Islombek Rustambekov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика