So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  29 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Baxtiyor Ashurmatov: “Talabchan ishqibozlar uchun kurashchan jamoa tuzishimiz kerak” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Talabchan ishqibozlar uchun kurashchan jamoa tuzishimiz kerak”

“Navbahor”ning yangi murabbiyi Baxyotir Ashurmatov Namanganda ham kurashchan jamoa shakllantirish uchun bel bog'lagan.
Ushbu haftaning shov-shuvli o'tishlaridan biri shubahasiz Ashurmatovning “Navbahor” boshqaruvini o'z qo'liga olgani bo'ldi. “Lochinlar”ning navbatdagi ustozi ertadan rasman jamoa azolariga tanishtiriladi shu tariqa ishga jiddiy tarzda kirishadi. Baxtiyor Ashurmatov yangi klubi bilan shartnoma imzolaganidan so'ng “SA”ga maxsus intervyu berdi.

- Baxtiyor aka, “Bunyodkor”da ish boshlaganingizdan so'ng, sizning keyinchalik “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlanishingizni ko'pchilik kutmagandi. Namanganliklarning taklifi o'zingiz uchun ham syurpriz bo'lgandir?
- Amaldagi chempion “Bunyodkor” klubiga o'tishdan oldin, bosh murabbiy Mirjalol aka Qosimov bilan o'zaro suhbatlashgandik. SHunda u kishi menga agarda oliy liganing birorta klubidan aniq va qoniqarli taklif bo'lsa, bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritishimga qarshilik qilmasligini aytgandi. SHundan so'ng ularning taklifini qabul qilib, joriy mavsum “Bunyodkor”ga murabbiy sifatida yordam berishni o'ylab yurgandim. Va shu orqali klubda Mirjalol aka Qosimov, Aleksandr Volkov singari mutaxassislardan o'zim uchun ayrim yangiliklarni kafsh etishni rejalashtirgandim. To'g'risini aytsam, o'zim ham taklif bo'lishini kutmagandim. SHuning uchun “qaldirg'ochlar” bilan ikkinchi yig'inda qatnashib kelayotgandim. “Navbahor” rahbariyatidan chorlovlar bo'lgach, bu haqda Mirjalol aka va “Bunyodkor” klubi rahbarlari bilan gaplashdik. Ular mening kelgusi faoliyatimda omad tiladi. Bu menga qo'shimcha kuch va ishonchimni ortishiga sabab bo'ldi. Buning uchun ulardan minnatdorman.

- Oxirgi paytlarda “Navbahor”da moliyaviy muammolar borligi aytilmoqda. Qolaversa bungacha amalda bosh murabbiy bo'lib kelgan No'mon Hasanov ham jamoa yig'inida emasdi. Garchi shunday bo'lishiga qaramay, taklifni qabul qildingiz. Bunga nima turtki berdi?
- Avvalo shuni aytib o'tishni istardimki, klub rahbarlari bilan muzokara jarayonini boshlashdan oldin No'mon aka Hasanovni rasman klubdan ketganini eshitgandim. Men bu insonni juda hurmat qilaman. Agarda No'mon aka klubda qolib faoliyatini davom ettirayotganida, men bu erga kelmasdim. SHuni menga malum qilishdiki, Namangandagi yig'in Mustafo Bayramov boshchiligida o'tayotgandi. SHundan so'ng taklifni qabul qildim. Nima uchun? Bilasizmi o'tgan yili “Guliston” birinchi davrada yaxshi natijalarga erishgandi. Ammo shunga qaramay yakunda elitani tark etdi. To'g'risini aytganda, bu bilan murabbiy sifatida o'zimni haqiqiy kuchimni ko'rsata olmadim deb o'ylayman. SHuning uchun joriy mavsum menda bunday imkoniyat yana tug'ildi. Endi “Navbahor”da ham astoydil ishlab, murabbiy sifatida iliq taassurot qoldirishni xohlayman.

- Darhaqiqat, “Guliston”dagi faoliyatingiz avvaliga yomon kechmayotgandi. Ammo klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar tufayli jamoa kuchlilar safini tark etdi. “Navbahor”dagi bugungi xolat ham sobiq jamoangizdagi vaziyatga o'xshashib ketadi. Bundan havotirga tushmayapsizmi?

- “Guliston”ning omadsiz ishtirokini faqatgina moddiy muammolar bilan bog'lash niyatida emasman. Qaerdadir o'zimizning xatolarimiz ham bo'ldi. Bunda alohida bir narsani aniq ko'rsatib o'tish qiyin. “Navbahor”da ham bu borada hammasi ko'ngildagidek deya olmaymiz. Bu qaysidir manoda hadik uyg'otmoqda ham. Lekin klub rahbarlari bilan suhbatlashganimizda, moliyaviy muammolar bartaraf etilishiga vada berdi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi.

- Namanganlik ishqibozlar talabchan bo'ladi. Ularga nima degan bo'lardingiz?
- “Navbahor” qarorgohiga borganimda muxlislar meni xursandchilik bilan kutib olishgani kayfiyatimni yanada ko'tarib yubordi. Qolaversa klubga o'tayotganim to'g'risidagi internet saytlarda chiqayotgan xabarlar ostidagi qoldirilayotgan fikrlarning ijobiy bo'layotgani ham qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. Murabbiy uchun eng avvalo ishqibozlarning daldasi birinchi o'rinda turadi. Namanganlik ashaddiy fanatlarning mendan nima kutishayotganini yaxshi bilaman. Ularni xursand qilish uchun jangavor va kelajagi porloq klub shakllantirish kerak bo'ladi. Muxlislar doim jamoani yuqori pog'onalarda yurishini istaydi. Tan olish kerak, oxirgi yillarda tomoshabinlar tashrifi keskin pasayib ketgan. Bu yil nasib qilsa yangi tamirdan chiqarilgan stadionda o'ynaymiz. Istardimki, trinuba avvalgi yillardagidek to'lib toshishini. Buning uchun aytib o'tganimdek, kurashchan tarkibni yig'ishimiz kerak. Ularni aynan hujumkor va mazmunli o'yin namoyish etish orqaligina stadionga qaytarishimiz mumkin. Bu erda ilgari ko'plab murabbiylar ishlab ketgan. Ularning ayrimlarini muxlislar hanuzgacha iliq xotiralar bilan eslaydi. O'z navbatida men ham yaxshi nom qoldirish uchun bor mahoratimni ishga solishga tayyorman.

- “Navbahor”da har yili futbolchilarning keldi-ketdisi kuzatilmoqda. Bu yil ham shu xolat takrorlanayotganini ko'ryapmiz. Yangitdan jamoa shakllantirish uchun ko'proq nimalarga etibor qaratasiz?
- Bu borada eng muhimi rahbariyat bilan fikrlarimiz bir joydan chiqmoqda. 6-7-o'rinlar uchun kurashamiz deb, quruq vada berishni istamayman. Vaziyatga real baho berish kerak doim. Muxlislarga yaxshi malumki o'tgan yilgi tarkibning 70-80 foizi tarqalib ketgan. SHuni ham inobatga olish kerak. Vaqt o'tib bormoqda. Yuqori saviyadagi o'yinchilar boshqa klublar bilan shartnoma imzolab bo'lishgan. Ochig'ini aytganda, bir yildayoq qimmatbaho mahalliy o'yinchilar va uzoq xorijlik legionerlardan iborat tarkib tuzmoqchi emasmiz. Buning uchun katta pul kerak bo'ladi. Undan ko'ra, asli namanganlik va hozirgi kunda boshqa klub safida shug'ullanayotgan futbolchilarni ortga qaytarmoqchimiz. Azaldan Namanganda istedodli o'yinchilar etishib chiqadi. Demoqchimanki, mahalliy o'yinchilar ishtirokida ham kurashchan jamoa tuzish mumkin. SHu sababli avvalo biz namanganlik futbolchilarga taklif bilan chiqmoqchimiz. Bu yil nasib qilsa o'zimiz istagan jamoani shakllantira olsak, keyingi mavsumlardan boshlab, yuqori o'rinlarni ko'zlash mumkin.   

- “Navbahor” bilan kelishuvga erishganingizdan so'ng, aksariyat muxlislar “Guliston”dagi sobiq shogirdlaringizning ayrimlarini “lochinlar” “azosi”ga aylantirib qo'yishdi. Bu xususda nima deysiz?
- Bo'lishi mumkin. CHunki aytib o'tganimdek, hozir tayyor o'yinchilarning o'z klubi bilan shartnomalari mavjud. SHuning uchun o'zim imkoniyatlarini yaxshi bilgan shogirdlarimni taklif etish niyatidaman. Misol uchun Rabbim Hasanov. O'ylaymanki bu futbolchi “Navbahor”da ham chaqqon xarakatlari bilan jamoaga foyda keltira oladi va muxlislar yoqimtoyiga aylanadi. Undan tashqari darvozabonlar Xurshid Xadjaev va Doniyor Usmonovni ham yig'inimizga taklif etib, ko'rikdan o'tkazamiz. Bulardan tashqari namanganlik Otabek Valijonov bilan Jahongir Mehmonovni ham jamoaga qaytarmoqchimiz. SHuningdek o'tgan yili “Navbahor”da o'ynagan va bugungi kunda “Mashal” yig'inida ishtirok etayotgan Sobir Hamidovni ham ortga qaytarish yo'lini ko'rib chiqmoqchimiz.

- Mustafo Bayramov bilan Robert Gay murabbiylar shtabida sizga yordam berishda davom etadimi?
- Bu borada o'zgarish bo'ladi. Lekin Mustafo Jeferovichni jamoada olib qolmoqchimiz. CHunki Bayramovni oldindan yaxshi bilaman. Klubda ko'p yillar davomida futbolchi va murabbiy sifatida mexnat qilgan. SHunday ekan u kishi bilan xayrlashish to'g'ri bo'lmaydi. Robert Sergeevich keladigan bo'lsak, ochig'ini aytganda, klubga No'mon aka Hasanov kelganidan keyin Gayni ketgan bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Lekin shunisi malum bo'ldiki, Sergeevich hamon jamoa bilan birga. Bu mutaxassisni ham xurmat qilaman va o'zaro munosabatimiz yaxshi. Biroq Gay yordamchi murabbiy sifatida ishlagandan ko'ra, biror bir klubni mustaqil ravishda boshqarishi maqul degan to'xtamga keldik. CHunki u ham ilgari asosan bosh murabbiy sifatida ishlagan. Ayni paytda yordamchi murabbiylikka kimni taklif etish masalasini ko'rib chiqmoqdaman. Darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy ham olib kelishni o'ylab turibmiz. Dushanba kuni klubga boraman va shu kuni futbolchilar bilan tanishtiruv marosimi va yig'ilish bo'lib o'tadi. Keyin rasman ishga kirishaman. Yordamchilarim kim bo'lishini shu ish jarayonida hal qilib olamiz.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика