Baxtiyor Ashurmatov: "SHo'rtan" ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynab g'alabaga erishdi"
05 noy 2015 18:36
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "SHo'rtan" ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynab g'alabaga erishdi"
"SHo'rtan" - "Navbahor" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yinning birinchi bo'limida biz yaxshiroq o'ynadik, ikkinchi bo'limda raqib murabbiylari qanday ko'rsatma berdi bilmayman ular juda ham jangovor o'yin ko'rsatishni boshlashdi. Bizda oxirgi o'yinlarda faqat bir xil tarkib bilan o'ynashga majbur bo'layapmiz. Zaxira o'rindig'imizning uzun emasligi pand berdi. Alisher Samatov va Robbim Hasanov kabi asosiy futbolchilarni jarohatlari tufayli majburan almashtirdik. "SHo'rtan" ikkinchi bo'limda kuchli o'ynagani evaziga g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba bilan G'uzor jamoasini tabriklayman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
"SHo'rtan" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar