So’nggi yangiliklar

08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  0 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  1 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  46 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17

Baxtiyor Ashurmatov: "SHogirdlarimga hech qanday etiroz yo'q" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "SHogirdlarimga hech qanday etiroz yo'q"

"Paxtakor" - "Navbahor" o'yinidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
"O'yin yigitlarga etiroz yo'q. Maydonda 100 foiz kuchlarini qoldirishdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarda omadimiz kelmayapti. O'tgan yil ham so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborgandik. Bu safar ham shunday bo'ldi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q", - deydi Ashurmatov.

- "Navbahor" 10 kishi bo'lib qolganida yaxshiroq o'ynadi. Bu eng yaxshi himoya hujum taktikasida o'ynadinglarmi?
- Ko'rgan bo'lsangiz birinchi bo'limda raqib deyarli hujum qila olmadi. 10 kishi bo'lib qolganimizda raqib ko'proq hujum qildi. SHu bois ko'proq himoyalanishga majbur bo'ldik.

- "Lochinlar" o'tgan yili ham "Paxtakor"ga qarshi 10 kishi bo'lib qolgandi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Bu tasodifmi?
- Yuqorida aytib o'tdim, "Paxtakor"ga qarshi bahslarda omadimiz kelmayapti. Raqib standart vaziyatlarda, qarshi hujumlarda xavfli ekanini bilardik. Bugun aynan qarshi hujumdan so'ng gol o'tkazib yubordik. 10 kishi bo'lib ham g'alabaga ishtiyoq bor edi. Gol bo'lgan vaziyatda ikki nafar markaziy himoyachimiz raqib jarima maydoni ichida edi.

- Ulug'bek Baqoev raqib jarima maydoni ichida yiqildi. SHaxsan menga penalti bordek tuyuldi. Bunga qanday qaraysiz?

- To'g'risi o'sha vaziyatga qiziqayotgandim. Lekin hali o'yinni ko'rib chiqmadik. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman. Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatda ham fikrim shunday. Hozir aniq hech narsa deya olmayman.

- "Paxtakor"da Iskanderov va Maxaradze yo'q bo'lsa yaratuvchanlik yo'q. Faqat qanotlardan hujumlar... Jamoaingiz ko'proq hujumga o'tib, ijodkorlikni ko'proq namoyish etsa bo'lmasmidi?
 
- Fikrlaringiz to'g'ri. Lekin 10 kishi bo'lib qolib "Paxtakor"ga qarshi o'ynash og'ir. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda himoyachi ham darvozabonimiz ham to'pni qaytarmadi.

- "Navbahor" o'tgan yildagidan kuchsizroq ko'rinmoqda.
- Balki shundaydir. Lekin o'yindan o'yinga kuchaytirib borishga urinamiz. Yana qaytaraman "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarda omadimiz kelmayapti.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика