Baxtiyor Ashurmatov: "Rasman istefoga chiqdim"
28 sen 2013 19:48
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Rasman istefoga chiqdim"
Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Guliston" (3:0) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
"SHo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqib juda yaxshi o'yin namoyish etib uch ochkoga ega bo'ldi. Bugungi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Bu mag'lubiyatda asosiy aybdor o'zimman, tarkib tanlashda va o'yinchilarni bahsga tayyorlashda xatoga yo'l qo'ydim", - deb gap boshladi Ashurmatov.
"Jamoada yaxshi futbolchilar yig'ilgan. futbolchilar oliy ligaga munosib. Lekin klub hech kimga kerak emas. Hozir "Guliston"ni og'ir ahvolda yotgan bemorga o'xshatayapman. Men "shifokor" sifatida qo'limdan kelgan yordamni qildim, ammo bir o'zim hech nima qila olmadim".
"Aslida mag'lubiyatlarda ayb menda ham bor, hali tajribam kam. O'z ustimda yanada ko'proq ishlashim kerak ekan".
"Yuqoridagi sabablar bilan rasman istefoga chiqdim. Bor kuchim bilan harakat qildim, ikkinchi davrada vaziyat o'zgarishiga umid qilgandim. Bugungi kunga qadar bizga yordam qo'lini cho'zadiganlar topiladi deb kutdim, ammo bunday bo'lmadi va men istefoga chiqishga qaror qildim".
"SHo'rtan" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar