So’nggi yangiliklar

18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  3 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Qanaqa feyr-pley? Maydon shifoxonaga aylanib ketdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Qanaqa feyr-pley? Maydon shifoxonaga aylanib ketdi"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.





"Juda asabiy bahs bo'ldi. O'yinga baho bersak, eng bo'sh o'yinlarimizdan biri bo'ldi deyish mumkin. To'g'ri, ko'p yakkakurashlarga kirishildi, yigitlar oxirigacha kurashishdi, ammo vaziyatlar yaratish bo'yicha oqsadik. Muxlislarga maqul keladigan o'yin ko'rsatolmadik. Muxlislarning qo'llab-quvvatlovi orqali so'nggi soniyalargacha kurashdik. Xudoga shukrki, hech bo'lmasa durangga erishdik. Agar biz bugun mag'lubiyatga uchraganimizda, ortiqcha gap-so'zlar ko'payishi mumkin edi. SHu bois natijadan mamnunman. G'alaba qozonish yo'lida 2 ta hujumchi bilan o'ynadik. Tarkib bo'yicha adashdik deyishim qiyin. Birinchi taymda katta ustunlikka ega bo'ldik, ammo vaziyatlardan foydalana bilmadik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin katta tavakkalga qo'l urdik, chunki 4 ta hujumchi bilan o'ynadik. "Andijon" ikkinchi golni urib ketishi ham mumkin edi. 

Avaz Mamatxo'jaevda oxirgi vaqtlarda o'yin amaliyoti kamligi tufayli o'rinbosarlar tarkibida o'ynashiga rozi bo'ldik. Lekin afsuski, qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. SHuning uchun o'tgan o'yinda ko'rinmadi, bugungi o'yinga esa tayyor emasdi. Murod Xolmuhammedovga kelsak, uning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish. Uning o'rnini to'ldirolmayapmiz. Qaytishini intizorlik bilan kutyapmiz  Lukich stabil o'yin namoyish qilolmayapti. O'ylaymanki, Xolmuhammedov keyingi o'yinlarga qaytadi.

To'p nazorati bo'yicha ustunlik qildik, bunga 100% aminman. "Andijon" qarshi hujumga o'tishga urindi, lekin baribir nisbatan biz ustun edik, ayniqsa, birinchi taymda. Umuman, birinchi raqamli jamoa sifatida o'ynadik.

Hakamlar vazifalarini yaxshi udallashdi. Men ularning qaroriga etiroz bildirganimga sabab ikki marta raqib o'yin qoidasini buzganda, to'p bizda saqlanib qolgandi va hujumga o'tayotgandik, ular esa o'yinni to'xtatishdi. Jarima zarbasini to'pni ortga qaytarib, qaytadan amalga oshirishga majbur bo'ldik. 

Qanaqa feyr-pley? Maydon shifoxonaga aylanib ketdi. Bitta emas, to'rttalab futbolchi maydonda yotib oldi. Suhrob Berdiev tepgan to'pidan keyin zarba unchalik kuchli chiqmadi, lekin boshiga to'p tekkan raqib futbolchisi uch daqiqa yotibdi. Afsuski, bu O'zbekiston futbolining bir qismiga, g'alaba qozonishning bir uslubiga aylanib qoldi. Bu yaxshi emas. Rostan ham biror o'yinchiga tibbiy yordam zarur bo'lsa, feyr-pleyga amal qilinadi, biroq bunaqa vaziyatlarda emas. 

Uch ochko ishlashni maqsad qilgandik, ammo nursiz o'yinimizni inobatga olsak, bir ochkodan xursandmiz. Muxlislarga ham rahmat. Ular bizni olqishlar ostida kuzatib qo'yishdi", – dedi qo'qonliklar ustozi.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика