So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbek futbolidan VAR tizimini olib tashlash kerak" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbek futbolidan VAR tizimini olib tashlash kerak"

Coca-Cola Superliganing 12-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, bugun raqibga munosib qarshilik ko'rsatdik. Yigitlar bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishgandi. Tarkibimizda bir oz muammolar bor edi. Slavko Lukich, Farhod Bekmurodov va SHohnazar Norbekovlar bir oz betob edilar. SHu sabab ularni asosiy tarkibda tushira olmadik. Lekin bu xolat o'yin natijasiga unchalik ham tasir ko'rsatdi deb o'ylamayman. Futbolchilar o'yinda qatnasha olmagan do'stlari uchun ham harakat qilishdi. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimiz uchun ham oxirigacha kurashdik. Afsus alamli mag'lubiyatga uchradik.

- Ketma-ket jamoangiz ishtirokidagi 3-o'yinda VAR tizimi ishlamoqda...

- Ochig'i VAR tizimini o'zbek futbolidan olib tashlash kerak. Nega deganda bitta turda 7 ta o'yin bo'lsa, faqat 2 ta uchrashuvda ishlaydi. Bosqichma-bosqich o'tiladi deyildi, lekin bizning hakamlarimiz saviyasi VAR tizimi darajasiga etmaydi. Bu bahona emas, birinchidan bu tizim o'yin tezligini pasaytirib qo'ymoqda. Ikkinchidan, mana Evropada o'yindan tashqari xolatda ham o'ynashga berilayapti. Birga-bir vaziyatda hakamlar qarorlari himoya qilinayapti. Jahon chempionatida qatnashganman deb aytdi, lekin ishonchim komil deb bayroqchani ko'taryapti. Aynan bugungi o'yindagi hakamlar saviyasi past va VAR dan foydalana olmasligini ko'rsatib berdi. Biz murabbiylar o'z ustimizda ishlab o'sishimiz kerak. Lekin hakamlar ham o'z ustilarida ishlashlari kerak. Balki VAR tizimi uchun chet eldan hakam chaqirib, konferenciyalar tashkil etish kerakmikan? CHunki hakamlar bu tizimda ishlash, o'yinni qanday to'xtatish haqida bilishmayapti. AGMK futbolchilariga jangovor o'yin uchun minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Ayrim o'yinlar bo'ladi, jamoangiz yutqazsa ham shogirdlaringiz ko'rsatgan o'yindan faxrlanasiz. Bugun shunaqa o'yin bo'ldi. 10 kishi bo'lib ham oxirigacha kurashdik.

- Qizil kartochka haqida fikringiz qanday?

- Qizil kartochka haqida aytsam, men balet tarafdori emasman. Aksincha jangovor futbolni qo'llab-quvvatlayman. Futbolchi to'pga tashlandi, balki Jokich to'pga birinchi ulgurgandir. Takroriy vaziyatni ko'rmasdan vaziyat haqida aytish qiyin. Kimnidir ayblash niyatim yo'q. Sariq kartochka berilsa kerak deb o'ylagandim.

- Transfer oynasi vaqtida jamoangiz tarkibi kuchaytiriladimi?

- Afsus, tarkibimiz unchalik ham kuchaytiradi deb aytmagan bo'lardim. SHu tarkibda bor futbolchilarni saqlab qolsak, ularga ishonch bildiramiz. Raqobat kerak, lekin ochig'ini aytaman selekciya jarayonidan biz aktiv bo'lmaymiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика