Baxtiyor Ashurmatov: "O'z uyimizda durang o'ynashga ham haqqimiz yo'q edi"
08 may 2016 20:05
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "O'z uyimizda durang o'ynashga ham haqqimiz yo'q edi"
"Mashal" bir necha yillardan buyon bir xil tarkib bilan o'ynayotgan, kuchli murabbiyga ega bo'lgan kuchli raqib. SHu bois bahs og'ir o'tishi aniq edi. Birinchi bo'limda gol ura olmaganimiz uchun asabiylashdik. Gol urganimizdan keyin vaqt kam qolgani uchun hisobni ushlab qolishga urindik. Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Bugun stadionga muxlislarning tashrifi kamaygani meni havotirga soldi. Yigitlarga buni alohida takidladim, agar g'alaba qozonsak yana muxlislarimiz ko'payishini aytdim. Yigitlarga sizlarning joyingiz autsayderlar orasida emasligini tayinladim.
Himoyani esdan chiqarmagan holda, hujumkor o'yin ko'rsatishni rejalashtirgandik. Tanaffusda bosimni kuchaytirishni aytdim. Ikkinchi bo'limda raqib deyarli vaziyat yaratmadi, faqat gol o'tkazgach ikkita vaziyatga ega bo'ldi. "Mashal" standart vaziyatlarda juda yaxshi o'ynaydi. Bugun durang o'ynashga ham haqqimiz yo'q edi", - deydi Ashurmatov.
"Andijon" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar