So’nggi yangiliklar

21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  25 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  1 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  2 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   4 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  9 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  4 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  3 17:29Абдуллоҳ Омоналиев "Сўғдиёна"га қайтди  2 17:08Анчелотти: "Реал ТВ"нинг фикр билдиришга ҳаққи бор"  7 16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  44 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  1 15:27Акмал Мозговой "Насаф"да қоладиган бўлди  9

Baxtiyor Ashurmatov: “Neftchi” ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Neftchi” ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi”

Qo'qonda kechgan “Neftchi” – “Navbahor” (1:0) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi

- Bugun teng kuchga ega bo'lgan ikkita jamoalar uchrashdi – deya gap boshladi Baxtiyor Azamovich. - Derbi maqomiga ega "Neftchi" - "Navbahor" o'rtasidagi bahslar doimo qiziqarli bo'lgan. Lekin birinchi bo'limda tomoshabop o'yin bo'lmadi. Jamoamiz birinchi taymda yomon o'yin ko'rsatmadi. Ikkinchi bo'limda esa bilmadim, huddi jamoani almashtirib qo'ygandek taassurot qoldirdi. CHunki ikkinchi taymda jamoam juda bo'sh o'ynadi. SHu bois ikkinchi bo'limdagi o'yin uchun jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida kelgan muxlislardan uzr so'rayman. "Neftchi" jamoasini esa g'alaba bilan tabriklayman. Bu kabi bahslarda standart vaziyatlar va bitta gol o'yin taqdirini hal etishini shogirdlarimga aytgandim. Bitta oddiy vaziyatdagi xato yakunda bizga qimmatga tushdi va “Neftchi” g'alabani ilib ketdi.

- Bilmadim, rostini aytsam, o'zim birinchi bo'limda zaxira o'rindig'ida shogirdlarimga ko'rsatmalar berib turdim. Ikkinchi taymda esa uchrashuv nazoratchisi tribunada o'tirishimizni talab qildi. Bilmadim, nimaga asoslanib bunday qildi. Tabiiyki shundan so'ng yigitlarda ko'rsatma berish imkoniyatidan mahrum bo'ldim. Balkim bu xolat ham o'zining salbiy tasirini o'tkazgandir. CHunki men butun o'yin davomida jamoam bilan birga bo'lishni xohlayman. Unga yaqin bo'lishni istayman. Ikkinchi bo'limda sevimli ishimdan mahrum bo'ldim. Yigitlarga qo'shimcha kuch bag'ishlab tura olmadim. Extimol futbolchilarim birinchi bo'limdagi kabi ikkinchi taymda ham "Neftchi"ni bo'sh o'yin ko'rsatadi deb o'ylagandir. Bunga aniq bir sababni ko'rsatish qiyin. Lekin mezbonlar tarkibidagi o'zgarishlar ham o'z tasirini o'tkazdi deb o'ylayman. CHunki SHerzod hakimov o'yinga yaxshi kirishib ketdi.

- Ha, uchrashuv biroz asabiy tarzda o'tdi. Men yigitlarga bo'lar-bo'lmas narsalarga o'z kuchlaringni sarf etmasdan, asosiy etiborni o'yinga qaratib, faqat g'alaba uchun o'ynash  kerakligin aytgan edim. Birinchi bo'limning oxirlari asabiy o'tdi. Afsuski ikkinchi taymda standart vaziyatdan to'p o'tkazib yubordik.

- Saidovga afsuski bugun o'yin berishmadi. O'tgan uchrashuvdagi o'yinini ko'rsatishdan Mansur mahrum bo'ldi. Unga Abdulloh Olimovni biriktirib qo'yishdi. Bu o'yinchi o'z vazifasini alo darajada bajardi va Mansurga o'ynash imkonini bermadi. SHu bois biz futbolchimizni almashtirishga qaror qildik. bu paytga kelib hisob 1:0 edi. SHu sababli ikkinchi hujumchini tushirdik. Lekin zaxiradan tushganlar biz xohlaganchalik o'yinni kuchaytira olmadi va bu o'zgarishlar o'zini oqlamadi.

- Ochig'ini aytganda, "Neftchi" ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'yin ko'rsata boshladi. Yuqorida aytib o'tganimdek, SHerzod Hakimov himoyachilarimizni sarosimada ushlab turdi.

- Rostini aytganda, biz uchun oson raqibning o'zi yo'q. CHunki jamoa tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda. Endi-endi poydevor qurilmoqda. SHu bois bo'lg'usi uchrashuv ham biz uchun qiyin bo'ladi. Agarda yigitlar bugun birinchi bo'limda o'ynashgani kabi o'yin ko'rsatishsa “Nasaf” bilan ham jang qilib, o'zimiz uchun ijobiy natijaga harakat qilsak bo'ladi. Lekin ikkinchi taymdagi o'yin ko'rsatiladigan bo'lsa, “Nasaf” tugul boshqa jamoalarga qarshi kechadigan bahs ham qiyin bo'ladi.

- Bugun o'ng qanotning ikki vakili Alisher Samatov bilan Baxtiyor Yoqubov yordam bera olmasdi. Ular to'rtta sariq kartochkasi bo'lganligi sabab bugungi bahsni o'tkazib yuborishdi. Lekin men zaxira o'rindig'imizni uzun bo'lishi tarafdoriman. SHu sababli bu o'yinchilarning yo'qligi deya bahona qilmoqchi emasman.

- So'zim oxirida qo'qonlik muxlislarga minnatdorchilik bildirib o'tgan bo'lardim. Bugun ular stadionda ikkala jamoani ham qo'llab-quvvatlab turdi. SHunaqangi vaziyat ediki, agar bizni jamoa gol urganda mahalliy ishqibozlar Namangandan kelgan muxlislarga qo'shilib bizni olqishlashgan bo'lardi. Lekin afsuski bugun “Neftchi” gol kiritdi. SHu sababli ular farg'onaliklarga muxlislik qilishdi va kuchaytirishdi. Lekin qo'qonlik muxlislarga har ikkala jamoani ham qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman - deydi Ashurmatov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика