So’nggi yangiliklar

21:43Аёллар. Ўзбекистон Осиё кубоги саралаш босқичида Непални мағлуб этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  25 21:00Суперлига. "Машъал" – ОКМК (матнли трансляция)  1 20:55"Андижон" — "Бунёдкор" 0:1 (Матнли трансляция)  14 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  1 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10

Baxtiyor Ashurmatov: "Lokomotiv" bilan bahs "Navbahor"dagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Lokomotiv" bilan bahs "Navbahor"dagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin"

"Lokomotiv" - "Navbahor" (5:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi
"Bu yilgi mavsum men uchun murabbiy sifatida og'ir keldi. Mag'lubiyatga kelsak raqibimiz bizdan ikki kalla ustunligini amalda ko'rsatdi. Ular haqqoniy g'alabaga erishishdi, muxlislarimizdan uzr so'rayman. Mag'lubiyatda men aybdorman. Balki bugungi bahs "Navbahor"dagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin. Rahbariyat bilan uchrashuvdan so'ng barchasi malum bo'ladi. Balki yangi murabbiy kelsa jamoaning natijalari yaxshilanar. Hech kim meni ketishimni so'ramadi, shunchaki shaxsan o'zim shunday o'ylayapman", - deydi Ashurmatov.

"Jamoa futbolchilari bilan gaplashdim, ular ham meni ketishimni istashmayapti. Yuqorida aytganimdek o'zim shunday qarorga keldim. Namanganlik muxlislar juda ham talabchan, ular jamoani yuqori o'rinlarda ko'rishni istashadi. O'z bazamiz, mashg'ulot maydonimiz, avtobusimiz yo'q...shular ham tezroq hal qilinsa yaxshi bo'lardi".

"Bizning futbolchilarning ruhiyati shundayki, "Lokomotiv", "Paxtakor" kabi klublarga qarshi bahsdan oldin ruhan taslim bo'lib chiqishadi".

"Ikkinchi davraga rejalar tuzib qo'ygandik, tayyorgarlik rejalari, yig'inlar qaerda bo'lishi, yangi futbolchilarnni ro'yxatini tuzib chiqqanmiz. Agar klubda qolsam bularni bajaramiz".

"Agar olimpiya terma jamoasida ishlashda davom etganimda ikkinchi davrada "Navbahor"dan ketishi aniq edi. Yangi murabbiylar shtabiga omad tilaymiz, jamoamiz olimpiadaga chiqishlarini chin dildan istayman".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика