Baxtiyor Ashurmatov: “Imkon qadar ijaraga futbolchi olmaslikka harakat qilamiz”
06 jan 2015 07:00
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: “Imkon qadar ijaraga futbolchi olmaslikka harakat qilamiz”
Xabaringiz borki, "Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshladi.
Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov ayni paytda milliy terma jamoamiz bilan birgalikda Avstraliyaga jo'nab ketganligi bois mashg'ulotlarga yordamchi murabbiylar boshchilik qilishmoqda. Bosh murabbiy olis yurtda bo'lishiga qaramay, jamoaning har kunlik mashg'ulotlari borasida kerakli malumotlarni yordamchilari orqali bilib bormoqda. Dastlabki yig'in yakunlari va kelgusi rejalar xususida malumotga ega bo'lish maqsadida Baxtiyor Azamovichga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.
- Avvalom bor Navbahor jamoasi muxlislarini kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman. Muxlislarimizga sog'lik-salomatlik, oilalariga tinchlik xotirjamlik tilayman. 2015 yil yurtimizga, jonkuyar muxlislarimizga omadli kelishini tilab qolaman, - deya gap boshladi Ashurmatov.
- Dastlabki yig'in xususida to'xtalib o'tsangiz?
- Jamoamizning dekabr oyida o'tkazilgan birinchi yig'inda futbolchilarning jismoniy holatini tiklash ustida ish olib borildi. Garchi o'zim mashg'ulotlar davomida jamoa bilan birga bo'lmasamda futbolchilarning holati, mashg'ulotlarda kimni qanday qatnashayotganligi, jamoa azolarini qanday tempda yugurayotganliklari, yugurish chog'ida kimni pulsni qandayligi, qo'yinki barcha jihatlardan xabardor bo'lib turdim. Qisqa muddatlik dam olishdan keyin boshlangan ikkinchi yig'inimiz esa 16 yanvarga qadar davom etadi. Mazkur yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirganmiz.
- Yangi yildan keyingi yig'inga tarkibga yangi o'yinchilarni kelib qo'shilishi kutilgandi. Selekciya borasidagi ishlar qay tariqa amalga oshirilmoqda?
- Jamoaga kelishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan ham doimo muloqotda bo'lib turdim. Tarkibni imkoniyat darajasida kuchaytirishni xohlaymiz. Muxlislarimiz ham “Navbahor”ga terma jamoaga nomzod futbolchilarni kelishini va tezroq medallar uchun kurashadigan jamoalar qatoriga qo'shilishini istashadi. Lekin, moliyaviy imkoniyatimizga qarab ish tutishimiz kerak. SHu sababli hozircha terma jamoa darajasidagi futbolchilarni jamoaga taklif qila olmaymiz. SHuningdek aynan imkoniyatlarni cheklanganligi sababli tarkibda ko'rishimiz mumkin bo'lgan futbolchilar kelishuvga erisha olmadik. Bir faktni keltirib o'tishni xohlagan bulardim. O'tgan yilgi chempionat qatnashchilari orasida “Navbahor” byudjet bo'yicha 10-11 o'rinda etirof etildi. Bu klubga ikkinchi davra arafasida biriktirilgan homiyni inobatga olgandan keyingi vaziyat hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib, jamoamizga yordam qo'lini cho'zgan homiylarimizga va klubga etibor qaratgan O'zbekiston futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror aka Usmonovdan har qancha minnatdor bo'lsak kam. Oldingi yillar bilan solishtirganda, yilni kam miqdordagi qarzdorlik bilan yakunladik. SHu sababdan avvalgi yillardagi kabi hech bir futbolchini O'FFga “Navbahor”dan pulimni ololmadim deb arz qilmasligiga ishonchim komil. SHuningdek, 2014 yilda oldingi mavsumlardan to'planib qolgan qarzdorlikni ham bartaraf etishga erishdik.
Selekciya borasida yana nimalarni qo'shimcha qilish mumkin. Ayni paytda bu boradagi ishlarimiz davom etmoqda. O'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan Elyor Jahonov va Akbar Sattaevlarni “Navbahor”dan ketishgani deyarli barchaga malum. Bundan tashqari farg'onalik yarim himoyachilar Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubovlar “Neftchi”ga qaytishga qaror qilishdi.
Ukrainalik legioner Ruslan Kachur ham keyingi mavsumni boshqa jamoada o'tkazadi. Bolgariyalik posbon Petar Denchev ham “Navbahor”ga qaytmasa kerak. Denchev yomon darvozabon emas. Lekin, legioner posbon bundanda kuchliroq o'yin namoyish qilishi lozim. Selekciya jarayonidagi asosiy muammolardan biri bu darvozabon topish masalasi hisoblanadi. Balki yana “Navbahor”ga xorijdan darvozabon taklif kilarmiz. Ayni paytda ixtiyorimizda bo'lgan darvozabonlarimiz Xo'jaev va Usmonovlar o'tgan yilgi mavsumda xatolarga yo'l qo'yishdi. Aslida ular o'tgan mavsumdagidan ko'ra yaxshiroq darajada o'ynay olishadi. Yaxshi posbon taklif qilsak darvoza chizig'ida ham raqobat kuchayadi. Belaruslik himoyachi Yuriy Rijko masalasi ham ochiq turibdi. CHunki himoyachi o'tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq moliyaviy sharoitga ega bo'lgan shartnoma tuzishni ko'zlamoqda. Bu borada muzokaralar davom etmoqda.
Himoyachi Tohir SHamsiddinov navbatdagi mavsumni jamoamizda o'tkazadi. Endilikda SHamsiddinov “Navbahor”da ijara asosida emas, aksincha klubning to'laqonli azosi sifatida faoliyat yuritadi. Yana bir himoyachi Bobir Akbarov xususida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin. Bu yil imkon qadar ijaraga futbolchi olmaslikka harakat qilmoqchimiz. “Mashal”dan taklif etilgan hujumchi Mo'ydin Mamazulunov ham yangi mavsumni “Navbahor”da o'tkazsa kerak. U bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olsak bo'lgani. Mahalliy himoyachi Jahongir Mehmonovni ham qaytarishga harakat qildik. Bir necha marotaba u bilan telefonda gaplashdim. Yangi yil arafasida o'zi bilan ko'rishib gaplashishni o'ylagandim. Bilishimcha “Neftchi” Mehmonovga qulayroq shartnoma taklif qilganligi bois Farg'onada qolishga qaror qilgan ko'rinadi.
Hech bir futbolchidan xafa bo'lmasligimiz kerak. CHunki futbolchi imkoniyat bo'lganida moliyaviy holatini yaxshilab olishi lozim. SHunday ekan, Mehmonovga omad tilaymiz. Nazarimda “Neftchi” va “Navbahor” selekciya jarayonida bir-biriga halaqit qilayotgandek taassurot uyg'otmoqda. CHunki futbolchilar “Navbahor” chaqiryapti deb “Neftchi” bilan shartnoma tuzishda ustunlikka ega bo'lishyapti. Natijada ikki klub qiziqqan o'yinchini jamoaga taklif qilish borasida “Neftchi” bilan raqobat qilishimizga to'g'ri kelmoqda. Jamoamizning asosiy maqsadi futbolchilar oldida shartnoma bandlarini to'liq bajarish. SHu sababli futbolchilarga katta miqdorli shartnomalarni taklif qilib keyin futbolchilarga pulni berolmay yurishni xohlamaymiz. Qaysidir futbolchini qanchalik jamoamizga kerak bo'lmasin, imkoniyatimiz darajasida shartnoma taklif qilyapmiz.
- Ayni paytda murabbiy sifatida Sizni qanday muammo qiynayapti?
- Tezroq avtobus va baza masalasini hal qilishimiz kerak. CHunki o'tgan mavsum davomida ijaraga avtobus olishga majbur bo'ldik. Bundan tashqari jamoa azolari mehmonxonalarda istiqomat qilishdi. Agar bu masalalar ijobiy tarzda echimini topsa malum miqdordagi mablag' tejab qolgan bo'lardik. Hozir viloyatimiz rahbarlari jamoaning moliyaviy holatini o'tgan yilgidan ko'ra yaxshilash borasida ish olib borishmoqda. Bu borada klubimiz vice-prezidenti Rasul aka Nizambaev va klubimiz ijrochi direktori Ganisher aka Ismailovlar katta xajmdagi ishlarni bajarishmoqda. Ayni paytdagi maqsadimiz o'tgan yilgidan ko'ra chiroyliroq o'yin ko'rsatish va kuchliroq jamoa tuzish. O'zim ham murabbiy sifatida rahbarlarimiz tarafidan jamoamiz oldiga aniq bir maqsad qo'yilishini va shu vazifani bajarish yo'lida tinmay harakat qilishni va ishonchni oqlashni xohlayman.
- “Navbahor” yoshlar jamoasida ham yangiliklar kuzatiladimi?
- Yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'lishi mumkin. Bu masalani klub rahbariyati bugun yoki ertaga hal qilishadi. Bu yilgi mavsumda yoshlarimizga ham ko'proq etibor berishimiz lozim. Saytlarda va sayt azolarining tanqidini to'g'ri qabul qilamiz. Bu tanqidlar jamoamizni yanada masuliyatliroq bo'lishga va o'tgan yilgidan ko'ra kuchliroq futbol ko'rsatishimizga undaydi.
- Olis Avstraliyadan muxlislarimizga qanday tilaklar bildirgan bo'lardingiz?
- Muxlislarimiz o'tgan yili jamoamizni alo darajada qo'llab-quvvatlab turishdi. Ishonchim komilki bu yilgi mavsumda muxlislarimiz jamoamizni yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlashadi va muxlislarimiz tashrifi o'tgan yilgidan ham ko'payadi. Osiyo kubogidagi asosiy maqsadimiz O'zbekiston terma jamoasining millionlab muxlislarini xursand qilish va yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelish. Xudo xohlasa Osie kubogida ishqibozlarimiz bizni munosib tarzda qo'llashadi va duoda bo'lishadi. Futbolchilarning baxtiga muxlislarimiz doimo sog' bo'lishsin.

Fikrlar